Jahon | 21:00 / 03.11.2020
11373
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston aholisi shakarni ko‘proq iste'mol qilishga chaqirilmoqda

Hindiston shakar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, ammo 2020 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotini eksport qila olmadi. Shu bois ishlab chiqaruvchilar shakarni mamlakatda sotishmoqchi.

Foto: Getty Images

Hindiston aholisi shakarni ko‘proq iste'mol qilishga chaqirilmoqda, chunki mamlakatda juda ko‘p shakar ishlab chiqarilgan. Hindiston shakar zavodlari assotsiatsiyasi aholiga chaqiriq bilan chiqdi hamda shakarning foydasi to‘g‘risida hikoya qiluvchi maxsus kampaniyani boshladi, deb yozadi BBC.

Qayd etilishicha, mamlakatda bir kishi yiliga o‘rtacha 19 kilogramm shakar iste'mol qiladi – bu sayyora bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt kilogrammga kam.

Hindistonda 50 millionga yaqin fermer shakarqamish yetishtirish bilan shug‘ullanadi, yana millionlab kishilar tegirmonlarda ishlaydi yoki shakarqamish tashish bilan shug‘ullanadi.

Hindiston shakar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, ammo 2020 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotini eksport qila olmadi. Shu bois ishlab chiqaruvchilar shakarni mamlakatda sotishmoqchi.

Hozirda diyetolog va oshpazlar ishtirokida shakarning foydasi haqidagi va tarkibiga shakar qo‘shiladigan turli taomlar pishirish bo‘yicha maslahatlar beruvchi axborot kampaniyasi avj oldi.  

"Shakar – organizm, miya va mushaklar uchun eng yaxshi oziq manbai", - deb ta'kidlamoqda Hindiston shakar zavodlari assotsiatsiyasi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa shakarni haddan ortiq ko‘p iste'mol qilish zararli ekanligi to‘g‘risida ogohlantirib keladi.

Mavzuga oid