Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Xitoy bilan chegarasini minalashtirdi
Janubiy Koreya razvedkasining fikricha, KXDRda pandemiya tarqalishi tibbiyotning zaifligi tufayli "dahshatli oqibatlarga" olib kelishi mumkin.
Foto: AFP
KXDR hukumati koronavirus yuqtirgan odamlar mamlakatga noqonuniy tarzda kirib kelishining oldini olish uchun Xitoy bilan chegarasini minalashtirish topshirig‘ini berdi. Janubiy Koreya razvedkasi vakillari ana shunday fikrda, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
"KXDR chegaralarini yopdi va Xitoy bilan ayrim chegara kesimlarida minalar o‘rnatdi. Chunki u joylarda koronavirusga qarshi kurashish uchun jismoniy yoki texnik imkoniyatlar mavjud emas", - dedi razvedka bo‘yicha parlament qo‘mitasiga kiruvchi deputatlardan biri.
Razvedkaning fikricha, KXDRda pandemiya tarqalishi tibbiyotning zaifligi tufayli "dahshatli oqibatlarga" olib kelishi mumkin.
Janubiy Koreya razvedkasi Koreya Mehnat partiyasining fevraldagi yig‘ilishidan so‘ng tayyorlangan hujjatlaridan biri to‘g‘risida ma'lumot bergan. Hujjatga ko‘ra, KXDRda koronavirus tarqalishi natijasida 500 ming nafargacha inson halok bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
07:44 / 03.03.2026
Made in China: Xitoy importiga qaram davlatlar (xarita)
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
22:07 / 26.02.2026