Jahon | 16:13 / 04.11.2020
9077
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Mudofaa vaziri AQShdagi vaziyatni xavfli deb atadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp asosiy shtatlarda g‘alaba qozonib bo‘lganligini va ovozlarni sanashni to‘xtatish mumkinligini ma'lum qildi.

Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer AQShdagi prezident saylovi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanligini aytdi.

Vaziyat juda xavfli. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat AQShda konstitutsion inqiroz keltirib chiqarishi mumkin, bu esa jiddiy xavotir uyg‘otadi, – dedi u ZDF telekanali efirida.

AQSh Prezidenti Donald Tramp asosiy shtatlarda g‘alaba qozonib bo‘lganligini va ovozlarni sanashni to‘xtatish mumkinligini ma'lum qildi. U, shuningdek, ovozlarni sanashda qoida buzilishlari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.  

Ayni paytda Bayden tanlovchilarning 238, Tramp esa 213 ta ovozini qo‘lga kiritdi. Nomzod g‘alaba qozonishi uchun kamida 270 ta ovoz kerak.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid