Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada favqulodda holat joriy etildi
Oxirgi bir necha kundan buyon Italiyada kuniga 30 mingga yaqin COVID-19 holatlari aniqlanmoqda, shuningdek, rekord darajada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi qayd etilmoqda.
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatda favqulodda holat joriy etilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Italiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma'lumot berilishicha, favqulodda holat doirasida butun mamlakatda soat 22:00dan 5:00gacha komendantlik soati kiritiladi.
Kontening qayd etishicha, yangi choralarga muvofiq, dam olish kunlari savdo markazlari, muzey va galereyalar ish faoliyatini to‘liq to‘xtatadi.
Bundan tashqari, yuqori va o‘rta ta'lim maktablarida mashg‘ulotlar masofadan o‘tkaziladi.
Mamlakatdagi rayonlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib qizil, sariq va yashil hududlarga ajratiladi.
Qizil hududlarda chakana savdo do‘konlari, barlar, restoranlar ishlamaydi, harakatlanish cheklanadi. Bu hududlar aholisiga faqat zarur hollarda yoki tibbiy maqsadlarda uylarini tark etishga ruxsat beriladi.
Yangi choralar 3 dekabrgacha amal qiladi.
Oxirgi bir necha kundan buyon Italiyada kuniga 30 mingga yaqin COVID-19 holatlari aniqlanmoqda, shuningdek, rekord darajada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi qayd etilmoqda.
Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 759,8 mingdan oshgan, 39 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026