Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Belgilanishicha, filial Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga ega bo‘ladi.
Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qo‘sha oluvchi, zamonaviy talablarga javob beradigan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv jarayonini kredit shaklida tashkil qilish;
- zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish;
- axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
- o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta'lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
- respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
- ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
- filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish;
- filialga biriktirilgan informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash;
- sifatli masofaviy kurslarni yaratish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq qilish;
- aholining tez rivojlanayotgan raqamli imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan zarur ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha vebinar ta'lim usullarini qo‘llagan holda kurslar tashkil etish;
- aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida dasturlash, robototexnika, “Internet buyumlar”, sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish hamda boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar tashkil qilish.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Budjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan vazirliklarda korrupsiyaviy omillar aniqlanadi
O‘zbekiston | 07:30
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
Mavzuga oid

23:28 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025