Toşkent viloyatida tuğilgan 65 yoşli bemor bir neça yildan buyon jigar sirrozi, fibroz, asid, portal gipertenziya va qizilöngaç venalarining varikoz kengayişi kabi oğir kasalliklar bilan kuraşib kelgan. Bir qança şifoxonalarda davolanganiga qaramay, bemorning ahvoli tobora yomonlaşib, Milliy tibbiyot markaziga murojaat qilişga majbur böldi.

Markaz şifokorlari, jumladan, tajribali transplantolog Jasur Sobirov boşçiligidagi jamoa bemorni töliq tekşiruvdan ötkazib, unga jigar transplantatsiyasi zarurligi haqida qaror qabul qildi. Biroq operatsiyaga tayyorgarlik jarayonida bemorning ahvoli keskin yomonlaşib, ensefalopatiya sababli koma holatiga tuşib qoldi.

Bunday hollarda jarrohlik amaliyoti öta xavfli hisoblanadi. Biroq Markaz şifokorlari bemorning hayotini saqlab qoliş uçun yuksak professionallik va jasorat bilan harakat qildi.

«Jigar transplantatsiyasi uçun faol donor kerak edi va bemorning 25 yoşli qizi heç ikkilanmasdan onasi uçun donorlik qilişga qaror qildi. Bu nafaqat katta jasorat, balki insonparvarlikning yuksak namunasidir!

Şifokorlar bemor komada bölişiga qaramay, jigar transplantatsiyasini amalga oşirişga qaror qildi. Bir neça soat davom etgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli ötkazildi va bemorning hayoti saqlab qolindi.

Eng hayratlanarli jihati şundaki, bemor bir sutka içida ongiga qaytdi va özini ança yaxşi his qila boşladi!

Aytiş kerakki, bunday noyob holatlar tibbiyotda kamdan-kam uçraydi. Milliy tibbiyot markazi şifokorlari esa özining yuqori malakasi, tajribasi va tezkorligi bilan qiyin vaziyatlarda ham insonlar dardiga malham bölişda davom etmoqda», deyiladi Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati xabarida.