Jahon | 23:35 / 04.11.2020
4437
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada bolalar savdosiga qarshi yirik operatsiya o‘tkazildi

Yevropol, Buyuk Britaniya, Portugaliya va Ispaniya o‘tkazgan operatsiya davomida 388 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Foto: EPA

Yevropaning bir nechta mamlakatida bolalar savdosiga qarshi o‘tkazilgan politsiya operatsiyasi chog‘ida 388 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bundan tashqari, 240 nafar ehtimoliy qurbon aniqlangan bo‘lib, ularning kamida 61 nafari voyaga yetmaganlardir. Bu haqda Yevropol xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, operatsiya oktyabrda Yevropa tashqi chegaralarini himoya qilish agentligi (Frontex) hamda boshqa davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi yordamida  Buyuk Britaniya, Portugaliya va Ispaniya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan  o‘tkazilgan.

Operatsiya bolalar savdosi bilan shug‘ullanadigan uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi qaratilgan.

Yevropolning qayd etishicha, YeI ichida bolalar savdosi odatda ularning qarindoshlari yordamida amalga oshiriladi. Jinoiy guruhlar qurbonlari orasida boshqa mamlakatlardan kelgan voyaga yetmagan qochoqlar ko‘p uchraydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid