O‘zbekiston | 14:27 / 05.11.2020
22895
2 daqiqa o‘qiladi

«Ba'zi joylardagi mutasaddilar o‘zining bugungi muammosini hal qilaman deb, prezident siyosatiga xiyonat qilayotganini tushunmayapti» – Shermatov

Foto : KUN.UZ

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov hokimlar va sektor rahbarlaridan xalq ta'limi tizimi xodimlarini faqat ta'lim sifati bo‘yicha ishlashlariga sharoit yaratishda yordam berishni so‘radi.

“Nahotki ba'zi joylardagi mutasaddilar o‘zining bugungi muammosini hal qilaman deb, Prezident siyosatiga xiyonat qilayotganini tushunmasa!

Prezidentimiz bu yil birinchi bor “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramida o‘zlari chiqib tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar. Ta'lim-tarbiya tizimini yaxshilash bo‘yicha Farmon loyihasini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdilar, keyin yana qo‘shimcha selektor o‘tkazib, har bir hokim endi kamida 30-40 foiz vaqtini maktabga yordam berishga qaratsin deb aytdilar va hurmatli hokimlarimizdan bu masalaga chin dildan yondashishni, kundalik topshiriq sifatida qabul qilmaslikni so‘radilar.

Kuni kecha Farmonga imzo qo‘yishdan oldin yana bir bor ta'limni ko‘tarish muhimligini qat'iy ta'kidladilar.

Bugun ertalabdan esa joylardan shunday yangiliklarni o‘qib turibmiz...

Bunday holatlarni, nafaqat Prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab Davlat Rahbarini imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak va har bir bunday holat bo‘yicha joylardagi mutasaddilarni kerak bo‘lsa jinoiy javobgarlikka tortishgacha olib borish zarur deb hisoblaymiz.

Hurmatli hokimlar va sektor rahbarlaridan xalq ta'limi tizimi xodimlarini faqat ta'lim sifati bo‘yicha ishlashlariga sharoit yaratishda yordam berishingizni so‘raymiz! Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang!

Bunday qo‘shimcha ishlarga, adashmasam, Mehnat vazirligidagi alohida fonddan mablag‘ olib joylardagi ishsizlarni jalb qilsa bo‘ladi”, - deya yozadi Xalq ta'limi vaziri o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid