– Davlat budjeti töğrisidagi qonun loyihasi jamoatçilik e'tiboriga havola etilayotganda, davlat qarzining belgilangan maksimal çegarasi ma'lum qilindi. Bu 60 foiz nimani anglatadi va bundan közlangan maqsad nima?

– Olib borilayotgan siyosat, qilinayotgan sa'y-harakatlarning tub mohiyatini xalqimizga tuşuntirib beriş biz Moliya vazirligi vakillari, umuman, mutaxassislar uçun ham muhim.

Bevosita siz aytgan savolga töxtaladigan bölsak, 60 foiz nima degani? Avvalo, ta'kidlab ötiş kerakki, davlat yalpi qarziga limit qöyiş ilk marotaba bölyapti. Lekin bu (YaIMga nisbatan 60 foiz davlat qarzining paydo bölişi – tahr.) bizning targetimiz emas. Ya'ni biz öşa körsatkiçga erişişga harakat qilmaymiz, balki hozir qöşimça çeklov kiritilyapti: undan oşmaslik harakati. Xabaringiz bor, ötgan yili taşqi qarz jalb qilişga bir yillik limit qöygan edik. Bu yilgisi nima bilan farqlanadi?

Bu yil ikkita özgariş böldi: birinçisi, bu – davlat yalpi qarziga çeklovlar qöyilyapti. Ya'ni davlatning içki majburiyatlarini ham çeklayapmiz.

– Demak, taşqi va içkini hisoblaganda, umumiy çegara qöyilgan.

– Ha, biz mana şu 60 foizga yetmaslikni nazarda tutgan holda, yillik limitlarni belgilab boramiz. Çunki şu paytgaça bunday körsatkiç yöq edi. Endi biz yuqori çegarani qöyiş orqali özimizga özimiz çeklov beryapmiz.

– 60 foizning belgilanişi töğrisida batafsil aytib ötsak. 60 foiz nimaga nisbatan olingan va nima uçun aynan 60 foiz?

– 60 foiz YaIMga nisbatan olingan va bu budjetda faqat 2021 yilga degan joyi bor. Bu notöğri tuşunçaga yetaklamasligi kerak. Uşbu budjet qonuni faqat 2021 yil uçun amalda böladi. Bu yuridik texnika hisoblanadi. Şuning uçun davlat qarzi joriy yilda 60 foizdan oşib ketmasligi kerak, degan ma'noda qonun loyihasiga band kiritilgan.

Endi hisob-kitoblarga qaytadigan bölsak, birinçi navbatda har bir davlatning qarzga xizmat körsatiş salohiyati bor. Bu xalqaro me'yorlar asosida hisoblanadi. Ya'ni Xalqaro valuta jamğarmasining öz tavsiyalari bor. Uning tavsiyalariga binoan ekonometrik modellaştiriş asosida hisoblanganda, agar davlat taşqi qarzi 70 yoki 80 foizdan oşib ketsa, davlat uçun uning yuki oğir böladi. Ya'ni bu vaziyat iqtisodiy rivojlanişga emas, iqtisodiy sekinlaşuvga olib kelişi mumkin.