Jahon | 22:04 / 05.11.2020
4658
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning prezident saylovi to‘g‘risidagi bayonotlari demokratiyaga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi – YeXHT

YeXHT missiyasi Donald Trampning prezident saylovida ovozlar soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotlarini asossiz deb topdi.

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

AQSh prezidenti Donald Trampning ovozlarni hisoblashdagi muammolar to‘g‘risidagi bayonotlari asossiz va jamiyatning demokratiya institutlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Bu haqda YeXHT missiyasining dastlabki hisobotida aytilmoqda, deb xabar berdi CNN.

YeXHTning ta'kidlashicha, saylov "yuridik mavhumlik va logistik chaqiriqlarga qaramasdan raqobatli va yaxshi tashkillashtirildi".

Kuzatuvchilarning qo‘shimcha qilishicha, "saylov soxtalashtirilgani to‘g‘risidagi keyin yangragan yuridik chaqiriqlar va asossiz bayonotlar saylovni tashkil etishga jalb qilingan tashkilotlarning lavozimli shaxslarini ham, saylovchilarni ham taajjub va xavotirga soldi". Hisobotda ta'kidlanishicha, tashkilot Donald Trampning bayonotlarini nazarda tutgan.

"Xususan, tizimli muammolar to‘g‘risida amaldagi prezident tomonidan jumladan, saylovdan so‘ng yangragan asossiz ta'kidlar fuqarolarning demokratik institutlarga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi", - deyiladi hisobotda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat prezidentligi uchun saylovda ovozlar soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkinligiga sha'ma qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid