Jahon | 23:34 / 06.11.2020
3454
1 daqiqa o‘qiladi

JST rahbarini tayinlash bo‘yicha yig‘ilish keyinga qoldirildi

Jahon savdo tashkilotining yangi bosh direktorni tayinlash bo‘yicha 9 noyabrga belgilangan yig‘ilishi noma'lum muddatga qoldirildi. 

Foto: REUTERS/Denis Balibouse

JST Bosh kengashi raisi Devid Uolkerning ta'kidlashicha, u bu vaqt ichida delegatsiyalar bilan maslahatlashuvlarni davom ettiradi.

JSTdagi doimiy vakillar guruhi 28 oktyabrda Nigeriyaning sobiq moliya vaziri Ngozi Okonjo-Iveala nomzodini bosh direktor lavozimiga ilgari surishni tavsiya qilgan. Okonjo-Iveala ushbu lavozim uchun dastlab 7 nafar nomzod bilan kurash olib borgandi va oktabr boshida nomzodlar ro‘yxati 2 kishigacha qisqartirilgandi. Ro‘yxatda Nigeriya vakiliga birgina Janubiy Koreya savdo vaziri Yu Myon Xi raqib bo‘lib qolgandi.

Jahon savdo tashkilotining bosh direktori Robertu Azevedu 14 may kuni “shaxsiy va oilaviy sabablar tufayli” iste'foga chiqishini e'lon qilgandi. U 31 avgustda lavozimini tark etdi.

Mavzuga oid