Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko yangi saylovlar o‘tkazilishiga kafolat berdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko fuqarolar yangi saylovlar o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilsa, ularning o‘tkazilishiga kafolat berishini aytdi. Lukashenko bu haqda 6 noyabrda Minsk metrosining uchinchi yo‘nalishi ochilishi tantanali marosimida aytib o‘tdi.

Foto: TASS/EPA
“Ayni vaqtdagi eng dolzarb masalaga to‘xtalsak. Ba'zilar bizdan yangi saylovlarni talab qilishmoqda. Siz bu borada qaror qabul qilishingiz bilan ular o‘tkazilishini kafolatlayman. Kafolatlayman”, deb aytgan Belarus rahbari.
Lukashenko g‘arb davlatlarining Belarusdagi vaziyatga “qiziqish bildirayotganlari”ni aytib, ularga “yaxshisi o‘z ichki muammolari bilan shug‘ullanishni” taklif qilgan.
“Nemislar kechagina bizdagi vaziyatdan qayg‘urib, parlamentda biz, belaruslar uchun qaror qabul qilishibdi. Siz avval o‘zingizning muammolarni hal qilib oling. Polshadagi muammolarni hal qiling, u sizga yaqinroq. Va eng asosiysi: ular amerikaliklardan yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilishga jur'at qila oladilarmi? Ko‘raman, nemislar amerikaliklardan yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilganda nima bo‘larkin”, deb qo‘shimcha qilgan Lukashenko.
Belarus prezidenti fuqarolarni mamlakatda yuz berayotgan voqealarni teran tahlil qilishga va shundan kelib chiqib o‘z fikrlarini shakllantirishga chaqirgan. “Men o‘z boshingiz bilan o‘ylashingizni istayman. O‘ylang va biror-bir nima desangiz, buni asoslab bering. Bilib qo‘ying, siz ketasiz, farzandlaringiz o‘rningizga keladi. Ular o‘z vatanidan boshqa hech kimga kerak emas. Keling, shu haqida o‘ylaylik”, deb ta'kidlab o‘tgan Belarus rahbari.
Avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Belarusdagi vaziyat bo‘yicha hisoboti e'lon qilingandi. Unda Belarus rahbariyatiga qoidabuzarliklar aniqlangani uchun avgustda o‘tgan prezident saylovlarini bekor qilish va xalqaro standartlar asosida yangi saylovlar o‘tkazish tavsiya qilingan.
Belarus prezidenti saylovlari 9 avgustda bo‘lib o‘tgandi. Ularda amaldagi prezident Lukashenko 80 foizdan ko‘proq ovoz bilan 6-muddatga qayta saylangandi. Shundan keyin mamlakatda saylovlar natijalariga qarshi va Lukashenkoning ketishi talabi bilan norozilik namoyishlari boshlangandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
-
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Jahon | 13:20
-
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda
Jahon | 13:11
Mavzuga oid

10:06 / 23.12.2021
Bayden 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishi shartini ma’lum qildi

11:14 / 19.12.2021
Chilida prezident saylovlarining hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

10:20 / 24.10.2021
O‘zbekiston prezidenti saylovlarida ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda

11:06 / 06.10.2021