Ma'lumotlarga köra, mamlakatda taşkil etilgan saylov uçastkalaridagi saylovçilar röyxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovçi kiritilgan. Ulardan 9 million 459 ming 273 nafarini yoki 48 foizini erkaklar, 10 million 399 ming 854 nafarini yoki 52 foizini ayollar, 6 million 458 ming 283 nafarini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil qiladi. Şuningdek, 887 ming 686 nafar saylovçi birinçi marta ovoz beradi. 37 ta xorijiy davlatda tuzilgan 54 ta saylov uçastkasida 299 ming 780 nafar saylovçi ovoz berişi mumkin böladi.
14-20 oktyabr kunlari 421 mingdan köproq, jumladan xorijda 120 mingdan köproq fuqaro saylovlarda muddatdan oldin ovoz berdi.
Prezident lavozimi uçun 5 nomzod kuraş olib boradi: Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Alişer Qodirov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov va Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov.
Saylovlar xavfsizligini ta'minlaşga Içki işlar vazirligining 53 mingdan köproq xodimi va jamoatçilik vakillari jalb qilingan. Saylovlar pandemiya şaroitida ötayotgani sababli ovoz beruvçilarning karantin çeklovlariga amal qilişi nazorat qilinadi. Jumladan, ularga saylov uçastkasiga kiriş joyida himoya niqoblari, qölqoplar va qöllar uçun dezinfeksiya vositalari beriladi. Bundan taşqari, har bir saylov uçastkasida tibbiy punkt taşkil etilgan bölib, ularda 21 mingdan köproq tibbiy xodim navbatçilik qiladi.
Saylovlar borişini 900 dan köproq xalqaro kuzatuvçi, xalqaro taşkilotlar, jumladan, MDH, ŞHT, YeXHT, YuNeSKO, Islom hamkorlik taşkiloti va xorijiy davlatlarning vakillari kuzatib boradi. Şuningdek, okrug saylov komissiyalari tomonidan 5 ta siyosiy partiyaning 53 mingdan köproq vakiliga kuzatuvçilar vakolati berilgan.
Saylovlar borişini mahalliy va xorijiy OAVlarning 1670 ga yaqin vakili yoritadi.
Saylovlarning dastlabki natijalarini 25 oktyabrda e'lon qiliş rejalaştirilgan. Saylovlar bölib ötgan deb tan olinişi uçun ularda ovoz beruvçilarning kamida 33 foizi iştirok etişi kerak.
Ma'lumotlarga köra, 207 ta saylov uçastkasida ovoz beriş ortidan kuzatiş uçun videokuzatuv tizimi joriy qilingan. Uşbu uçastkalardagi ovoz beriş jarayoni Markaziy saylov komissiyasi portalida, komissiya matbuot markazi va binosidagi katta monitorda namoyiş qilinadi.
Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan köproq ovoz yiğa olmasa, saylovlarning 2-bosqiçi ötkazilişi közda tutilgan. Unda 1-bosqiçda eng köp ovoz töplagan ikki nomzod kuraşni davom ettiradi.














