Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda BAA standartlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun innovatsion issiqxonalar tashkil etiladi
Joriy yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Sulton As-Siri al-Qamzi bilan uchrashdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama shartnomalarning bajarilishi va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Energetika, logistika va qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston-Amirliklar qo‘shma investitsiya kompaniyasining faoliyati ko‘rib chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, Amirliklar va xalqaro sifat standartlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun innovatsion issiqxonalar yaratish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi, bu ushbu mahsulotlarni BAA va uchinchi mamlakatlar bozorlariga yirik hajmlarda yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

O‘zbekistonda tegishli laboratoriyalar va sertifikatlashtirish markazlarini tashkil etish dolzarbligi qayd etilib, bu yo‘nalishda hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
25ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda hamkorlik Dasturi ijrosining amaldagi natijalari ijobiy baholandi.

Tomonlar turizm va ta'lim sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yo‘li orqali hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar.
Uchrashuv natijasida muhokama etilayotgan yo‘nalishlar doirasida samarali hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O‘zbekiston va BAA o‘rtasida savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishiga yuqori tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026