Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biogaz texnologiyalari bo‘yicha qanday loyihalar amalga oshirilyapti? Mutasaddi izoh berdi
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev biogaz texnologiyalari bo‘yicha qanday loyihalar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida berilgan savolga javob qaytardi.
«Biogaz texnologiyasiga keladigan bo‘lsak, bu yerda ikkita katta asosiy omil bor. Birinchisi, biogaz ishlab chiqarish uchun organik xomashyo kerak. Afsuski, respublikamizda bunday xomashyo qay darajada borligi, yoki biz shunday xomashyoga boyligimizni aytolmaymiz.
Boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganganimizda biogaz ishlab chiqarish asosan yoki qandaydir o‘simlik turi, yoki juda katta miqdordagi yirik shoxli mollar chorvachilik komplekslarida amalga oshiriladi.
Bizda ham minglab boshli chorvachilik komplekslari bo‘yicha Jizzax viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlar boshlanyapti. Mana shunday miqyosdagi komplekslar rivojlangani sari biogaz texnologiyasi ham rivojlanib boradi.
Davlat tomonidan berilayotgan yordam nimadan iborat? Biogaz asosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini majburiy xarid qilish tizimi o‘rnatilgan. Aytishim mumkinki, xarid qilish narxi issiqlik elektr stansiyalari yoki gidroelektr stansiyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan ancha yuqori. Bu biogaz ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash natijasida qilingan chora-tadbir», dedi Energetika vaziri o‘rinbosari «Energetika tizimidagi eng so‘nggi yangiliklar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan choralar» mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
18:47 / 14.01.2026
Prezident energetika sohasi bo‘yicha takliflarni ma’qulladi
18:47 / 11.07.2024
Dekabr oyida ikkita energiya saqlash majmuasi ishga tushadi - Sherzod Xo‘jayev
18:27 / 10.07.2024
Energoregulyator rahbari bozorga o‘tishning birinchi bosqichi qanday bo‘lishini tushuntirdi
17:11 / 10.07.2024