Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori Şerzod Xöjayev iqtisodçi Otabek Bakirovning “Dialog” loyihasiga bergan intervyusida elektr energiyasi sohasida bozor qoidalariga ötilişi haqida ma’lum qildi.
Otabek Bakirov tariflar özgartirilgaç, Özbekiston oçiq energetika bozorini taşkil etiş yölida qaysi bosqiçda turgani haqida söradi. Agentlik rahbarining sözlariga köra, Özbekiston hozir “markaziy xarid qiluvçi” nomli birinçi bosqiçda turibdi.
“Bu bosqiçda, eng past tannarxga ega işlab çiqaruvçining elektr energiyasi birinçi navbatda sotilişini inobatga olsak, işlab çiqaruvçilar örtasida haqiqiy raqobat hosil böladi. Albatta, bu bosqiç tölaqonli kuçga kirişi uçun bozor qoidalarini tasdiqlaşimiz kerak. Bu qoidalarni biz 15 nafar xorijiy ekspertlar bilan işlab çiqdik va bugungi kunda muhokamada. Mana şu bozor qoidalari qabul qilinib, kuçga kirganidan söng, u qoidalarga asosan işlab çiqaruvçilar özaro raqobatlaşadi.
Albatta, bu yerda savol tuğilişi mumkin: ba’zi elektr stansiyalari bilan 20-25 yillik şartnomalar tuzilgan, u qanday raqobat bölişi mumkin? Bu savolga ham javob bor. Birinçidan, u stansiyalar bu bozorga kiriş uçun, ya’ni biz bilan şartnoma tuziş uçun özaro raqobatlaşib bölişdi. Ya’ni eng past tarif taklif qilgan stansiya bilan şartnoma tuzildi. Ikkinçidan, men sizga aniq aytişim mumkin, oxirgi yillarda tuzilgan quyoş, şamol yoki issiqlik elektr stansiyalari loyihalarining tariflari – bugungi kunda eng jozibador tariflar. Ular bu raqobatdan qörqmaydi”, – dedi Şerzod Xöjayev.
Uning sözlariga köra, şu yil 1 iyuldan faoliyat boşlagan markaziy xarid qiluvçi – “Özenergosotiş” AJning xarajatlari energetika bozori miqyosida judayam kam: xodimlariga oylik tölaş va soliq tölaş.
“Uning vazifasi – elektr energiyasini sotib oladi, sotib olişda keyingi kun uçun qaysi stansiyadan qança sotib olinişining grafigini qiladi. Bozor qoidalari yaqin kunlarda kuçga kirişi bilan bu majburiy tusga ega böladi. Har bir stansiya ertangi kun uçun qança elektr energiyasi işlab çiqarişini aytadi. Har bir stansiyada xarid qiliş narxi ma’lum-ku, demak, “Özenergosotiş”ning qölida instrument bor: qaysi biridan xarid qilsam ekan? Eng arzonidan. Prioritet eng arzoniga beriladi”, – deya tuşuntirdi soha rahbari.
Xöjayevning aytişiça, kafolatlangan xarid şartnomasi tuzilmagan stansiyalar taklif etadigan narxlarni Idoralararo tarif komissiyasi tasdiqlaydi.

















