Farğona viloyatining Özbekiston tumanida elektr energiyasini saqlaş tizimi barpo etiladi. Quriliş-montaj jarayonlariga, bir neçta investloyihalar qatorida, prezident Şavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Qöqonga taşrifi vaqtida start berdi.

Loyiha doirasida 144 mln dollar xorijiy investitsiya hisobiga 150 megavattli elektr energiyasini saqlaş tizimi barpo etiladi. Xitoyning “Gezhouba Group” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi bu majmua şu yil yakuniga qadar işga tuşiriladi. U elektr energiyasiga talab ortgan vaqtda avtomatik işga tuşib, energetika tizimi barqarorligini ta’minlaydi.

Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori Şerzod Xöjayevning sözlariga köra, dekabr oyida Andijon viloyatida ham şunday majmua işga tuşişi közda tutilgan. Umuman olganda, hozir hukumatda sanoat kölamidagi yirik batareyalarni taşkil etiş böyiça 10 dan ortiq şartnoma bor. Bu haqda Xöjayev iqtisodçi Otabek Bakirov bilan suhbatida aytib ötdi.

“[Aytaylik], qaysidir sabablarga köra, keyingi kun uçun işlab çiqariş grafigini qaysidir stansiya bajarmadi. Yoki qaysidir hudud yoki yirik iste’molçi özi tomonidan berilgan buyurtmadan köra köproq energiya olişni boşladi. Tizimda quvvat tanqisligi yuzaga keladi, real vaqt rejimida qaysidir stansiyalar şu quvvatni yetkazib berişi kerak. Bugungi kunda hududiy elektr tarmoqlari mana şu muvozanatlaş bozoriga buyurtma beradi – agar işlab çiqariş va iste’mol balansi buzilsa, birdaniga zaxira quvvatni tizimga uzatişga tayyor turinglar, deb buyurtma beradi.

Siz bilan ikki yil oldin gaplaşganimizda Özbekiston hududida biz energiya saqlaş qurilmalarini sanoat kölamidagi obekt sifatida qurilişini tasavvur qilolmasdik, bugun esa 10 dan ortiq şartnomamiz bor. Sanoat kölamidagi energiya saqlaş qurilmalarini quriş böyiça. Bu generatsiya emas, batareyalar”, – dedi Xöjayev.

Energoregulyator rahbarining ta’kidlaşiça, hozirda şamol va quyoş stansiyalari yonida qurilayotgan energiya saqlaş qurilmalari – boşqa, ulardan taşqari, generatsiya obektlariga boğliq bölmagan, faqat zaxira quvvat sifatida işlatiladigan batareyalar qurilyapti.

“Dekabr oyida 2 ta stansiyamiz – Farğona va Andijon viloyatlarida işga tuşişi kerak”, – dedi u.

Şerzod Xöjayevning tuşuntirişiça, yirik batareyalar töla quvvatda bölganda, ulardan taxminan 2 soat davomida energiya oliş mumkin.

“2 soat, lekin kun davomida istalgança töldirib, böşatiş mumkin. Bu avtomatik boşqariladi. Ilgari nima bölardi, tizimda quvvat tanqisligi yuzaga kelsa, iste’molçilar öçirilardi. Hozir tizimda tanqislik yuzaga kelganda, batareyalar avtomatik böşatiladi. Birdaniga iste’mol pasaydi, quyoş çiqdi va tizimda ortiqça tok yuzaga keldi, bunda batareyalar töldiriladi”, – deya tuşuntirdi u.

Uning sözlariga köra, Özbekistonda elektr energiyasining umumiy grafigi tunda eng past, ertalab yuqori ist’molni körsatadi, kunduzi soat 9:30 – 10:00 larda pasayadi, kun botişiga yaqin yana keskin kötariladi.

“Şunda batareyalarni keçasi töldirib, kunduzi, tiğiz paytlarda böşatişimiz mumkin. Juda katta effekt beradi. Bu juda qimmat texnologiya, lekin bu texnologiyaning narxi quyoş panellarining narxidan ham tez pasayib boryapti”, – deya qöşimça qildi Şerzod Xöjayev.