BMT 16 mamlakatda ocharchilik yuz berishi haqida ogohlantirdi
BMT aprel oxirlarida koronavirus pandemiyasi tufayli insoniyat misli ko‘rilmagan ocharchilik muammosiga duch kelishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Afrikaning to‘rt mamlakati — Burkina-Faso, Yaman, Janubiy Sudan va Nigeriyada oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosi jiddiy ravishda kuchaydi, deb xabar berdi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO).
Qayd etilishicha, bu nizolar, iqtisodiy pasayish, iqlim sharoitlari va koronavirus pandemiyasi sababli yuz bermoqda.
«Yaqin oylar ichida vaziyat yanada keskinlashadigan bo‘lsa, ular ocharchilik xavfiga duch kelishidan xavotirdamiz», — dedi BMT Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Klaudiya A Po.
FAO ocharchilik muammosi yana 16 mamlakatga xavf solayotganidan ogohlantirdi. Ammo tashkilot gap aynan qaysi davlatlar to‘g‘risida borayotganiga aniqlik kiritmadi.
FAOning ma'lumot berishicha, dunyoning 20 mamlakati jiddiy oziq-ovqat muammosiga duch kelgan. Ular orasida Afg‘oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi bor.
BMT aprel oxirlarida koronavirus pandemiyasi tufayli insoniyat misli ko‘rilmagan ocharchilik muammosiga duch kelishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yil oxiriga kelib, 265 mln kishi oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekishi mumkin.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024