Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seysmik faol hududlardagi suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJ:
a) Fanlar akademiyasi bilan birgalikda suv omborlari to‘g‘onlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish va zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar suv omborlari ta'sir hududida lokal seysmik kuzatuv tarmoqlarini tashkil etish va ularga zarur jihozlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi;
v) Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrgacha O‘zbekistondagi seysmik faol hududlarda joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlar tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi va takomillashtirib boradi.
g) 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
Seysmologik kuzatuvlar tizimini joriy etish, takomillashtirish hamda ishlab chiqarish monitoringi bilan bog‘liq ishlarni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining yer qa'ri monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014 yil 12 maydagi 119-son qarori talablari asosida tashkil qiladi;
umumiy cheklangan shtatlar soni hamda yillik xarajatlar smetasi doirasida tashkilotlarda seysmologik kuzatuv tizimi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishga mas'ul bo‘lgan xodimlar lavozimini joriy etadi;
Seysmologik kuzatuv tizimi yaratilishini hisobga olgan holda “Elektron hukumat” tizimi doirasida shakllantirilgan idoraviy axborot tizimlari funksiyalari takomillashtiriladi.
Belgilanishicha, shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ 2.06.11-04)ga muvofiq ceysmik intensivligi 7 va undan yuqori ballik (J≥7.0) seysmik faol hududlarda joylashgan 1-2 sinfga kiruvchi suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlar doimiy amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
13:15 / 03.01.2026
Tuyamo‘yin suv ombori hajmi 1 mlrd kub metrga kengaytiriladi
12:25 / 08.12.2025