Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Ipak yo‘lida turizm» xalqaro turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
Yarmarka 2020 yil 11–13 noyabr kunlari onlayn formatda o‘tkaziladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov 6 noyabr kuni tadbirdan oldingi matbuot anjumanida so‘z oldi.
«Dunyoda yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramay, mamlakatda turizm rivoji to‘xtab qolmasligi kerakligini tushunish muhim. Pandemiya sharoitlarida mamlakatimizning istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatida jozibadorligini oshirish, turistik infratuzilmani rivojlantirishning amaliy mexanizmlari va O‘zbekistonni qiziqarli turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilishda yangi innovatsion yondashuvlarga doir yangi g‘oyalar zarur.
Aynan shu masalalarni muhokama qilish va inqirozdan chiqishning optimal yechimlarini izlash uchun «Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi – 2020» doirasida onlayn forum tashkil etilmoqda», – dedi Ulug‘bek A'zamov.

Turizm qo‘mitasi onlayn forumni o‘tkazish uchun internetda maxsus sahifa ochgan. Unda Zoom platformasidagi barcha konferensiyalar onlayn translatsiya qilinadi.
Onlayn forum davomida 6ta sessiya tashkil etilib, unda Singapur, Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning turizm sohasidagi mutaxassislari ishtirok etishadi.
Spikerlar pandemiya davrida turizm sohasini qanday yaxshilash, inqirozga qarshi yechimlar topish, xavfsiz sayohatni ta'minlash va xalqaro bozorga chiqishga doir qarashlari bilan bo‘lishadi.
Ma'lumot uchun, Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi 1995 yildan beri BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti qo‘llovi ostida o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston hukumatining 2019 yil 5 noyabrdagi qarori bilan, har yili «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turistik yarmarkasini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026