Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada endokrinologiya shifoxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Endokrinologiya dispanserining yangi binosi prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan ustuvor vazifalar doirasida bunyod etildi.
Dispanser binosining ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i H.Mamajonov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


Qurilish ishlariga Davlat investitsiya dasturi doirasida 14,8 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, dispanser viloyat aholisiga endokrin xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, yangi majmuada 120 o‘rinli statsionar, 150 ambulator qatnovli poliklinika va boshqa qo‘shimcha binolar bunyod etilgan.
Shuningdek, majmuaga o‘pkani sun'iy shamollatish apparati (IVL), kardiomonitor, EKG, yuqori texnologiyali rentgen apparati, portativ rentgen, portativ UTT apparati, IFA analizatori, SIPAP apparati, kislorod konsentratorlari, jarrohlik stollari jamlanmasi va boshqa zamonaviy tibbiy jihozlar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
11:00 / 09.06.2026
Farg‘onada Soliq Mobile orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026