35 yildan ortiq vaqt davomida Delaver ştatidan senator bölgan va 44-prezident Barak Obama ma'muriyatida vitse-prezident lavozimini egallagan Bayden demokratlar partiyasining eng obröli va tajribali vakillaridan biri hisoblanadi. 2021 yil 20 yanvarda bölib ötadigan inauguratsiya marosimi vaqtida u 78 yoşda böladi: şu tarzda Bayden AQŞ tarixidagi eng yoşi uluğ prezidentga aylanadi.
Jo Bayden AQŞning yangi prezidenti böladi. Tramp mağlubiyatni tan olmayapti. Asosiy ma'lumotlar
Yoşligi
Kiçik Jozef Robinett Bayden 1942 yilda Pensilvaniya ştatining Skranton şahrida tuğilgan. U amerikan-irland katoliklari oilasida tört farzandning tönğiçi bölgan. Otasi katta Jozef Robinett Bayden (1915-2004) bankrotga uçragan tadbirkor edi. U Jo örta maktabda öqiyotganida yana oyoqqa turadi va muvaffaqiyatli avtomobil sotuvçisiga aylanadi.

Maktabda tutuqlanib gapirgani uçun Baydenning jiğiga tegişardi. Ammo bölğusi vitse-prezident oyna qarşisida şe'r öqiş maşqlari bilan nutqidagi kamçiliklarni tuzatadi.
Bayden dastlab Delaver ştatidagi universitetda tarix va siyosatşunoslik böyiça öqiydi. Keyin esa Nyu-Yorkdagi Sirakuza universitetida huquqşunoslikni örganadi hamda bu yerda birinçi rafiqasi Neliya bilan tanişadi.
Öqişni tamomlagaç Bayden Delaver ştatining Uilmington şahridagi yuridik firmada faoliyatini boşlaydi.
Rafiqasi va qizini yöqotişi
Jo Bayden öz yaqinlarini yöqotiş nima ekanligini juda yaxşi biladi. Oilasidagi fojialar sababli u siyosiy faoliyatini bir emas, ikki marta töxtatiş yoqasiga kelgan.

Birinçi marta bu 1972 yilda röy bergandi. Bayden öşanda 29 yoşida Delaver ştatidan senatorlik posti uçun tajribali respublikaçi Jyeyms Kalebu Boggsga çaqiriq taşlagandi.
Saylovoldi budjeti haddan taşqari ixçam bölganiga qaramay u saylovda ğolib çiqadi. Ammo bir neça hafta ötib yoş siyosatçining hayotini özgartirib yuborgan fojia röy beradi: rafiqasi Neliya va bir yoşli qizi Naomi avtohalokatda vafot etişadi, öğillari Bo va Hanter jiddiy jarohatlanişadi.
30 yoşli senator
Avvaliga Bayden senatorlikdan voz keçmoqçi böladi, ammo yakunda uni siyosatda qolişga köndirişadi. U farzandlari davolanayotgan şifoxonada qasamyod qabul qiladi.

Singlisi Valeri jiyanlariga qaraş uçun akasinikiga köçib ötadi. U akasining uyida 1977 yilgaça, Bayden hozirgi rafiqasi Jill Jyeykobsga uylanguniga qadar yaşaydi.
1980-90-yillar
Vaşingtondagi faoliyatining dastlabki 14 yilida Bayden birinçi rafiqasi ölimidan keyin barbod bölgan oilaviy hayotini yana qayta qurişga muvaffaq böladi. Farzandlarining yonida böliş va ularga ğamxörlik qiliş uçun yoş senator har kuni poyezdda Delaverdan Vaşingtonga işga qatnab, keçqurun yana uyga qaytardi.
1977 yilda u maktab öqituvçisi Jill Jyeykobsga uylanadi, keyinroq ularning oilasida qiz farzand - Eşli tuğiladi.

Bayden senatning Yuridik qömitasiga kiradi va mamlakat böylab dovruğ qozona boşlaydi. 1987 yilda u ilk marta prezidentlik saylovlarida iştirok etiş uçun nomzodini ilgari suradi, ammo plagiat böyiça ayblovdan keyin nomzodini qaytarib olişga qaror qiladi. Uning saylovoldi çiqişlaridan biridagi nutqi Britaniyadagi Leyboristlar partiyasi yetakçisi Nil Kinnokning nutqlaridan biriga öxşaş edi.

ARNIE SACHS / GETTY IMAGES
1991 yilning 11 oktyabrida Amerika jamoatçiligining nigohi teleekranlarga muhrlangandi. Oklahoma universiteti huquq professori, afroamerikalik Anita Hill senatning Yuridik qömitasida körsatma berardi. Bu tinglov AQŞ Oliy sudiga respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Klarens Tomasga (u ham afroamerikalik) aloqador edi. Hill xonim Klarens Tomas bilan Reygan ma'muriyatida birga işlagan vaqtida u tomonidan köp marta jinsiy zöravonlik holatlari bölgani haqida guvohlik beradi.

WALLY MCNAMEE/ GETTY IMAGES
Jo Bayden qömita raisi bölgan, uning öşa vaqtdagi qarori şu kungaça tanqid qilib kelinadi. Öşanda senat Hillga işonmagan va Tomas uçun ovoz bergandi.
OAV Bayden Hillning sözlarini tasdiqlamoqçi bölgan bir neça ayolni körsatma beriş uçun çaqirişga rozi bölmaganiga urğu qaratgandi. Los Angeles Times respublikaçilar Bayden bilan kelişuv tuzgani haqida yozib çiqqandi. Konservatorlar esa Hillning körsatmasi Oliy sudda respublikaçi sudya bölişini istamagan demokratlar tomonidan sahnalaştirilganini iddao qilişgandi.
2019 yildagi intervyusi vaqtida Bayden öşa vaziyat uçun afsusdaligini bildirdi.
2008 yilda Bayden AQŞ prezidentligi uçun saylovda demokratlar partiyasidan yana bir bor nomzodini körsatadi, ammo birlamçi saylovlarni erta tark etadi. Öşanda asosiy bosqiçga partiyadan Barak Obama çiqqan va u prezidentlikka ham saylangan, Bayden esa siyosiy faoliyatida yangi bosqiçga kötarilgan - Obama hukumatida vitse-prezident sifatida iş boşlagan.

JOE RAEDLE / GETTY IMAGES
Obama va Bayden tandemi ikki prezidentlik muddatida hamkorlik qiladi. Ular şu qadar yaqin ediki, Bayden tez-tez Obamani öz ukasi deb atardi.

Prezidentligining sönggi kunlarida Barak Obama Jo Baydenni prezidentlik medali - AQŞda fuqarolar uçun oliy mukofot bilan taqdirlagandi.
Yovuz taqdir Baydenni ta'qib qilişda davom etadi. 2015 yilda u Barak Obama bilan birga daromadi kam bölgan millionlab oilalarga tibbiy xizmat körsatişni kafolatlaş töğrisidagi qonun loyihasi ustida işlardi. Şu vaqtda uning katta öğli Bo 46 yoşida miya saratonidan vafot etadi. Uni siyosat osmonidagi yorqin yulduzlardan biri sifatida hisoblaşardi. U 2016 yilgi saylovlarda Delaver ştati gubernatorligi uçun nomzodini qöymoqçiligini e'lon qilgandi.
Bu ölim tufayli 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga nomzodini qöyişni rejalaştirgan Bayden poygani tark etişga qaror qiladi.

«Imillagan» Baydenning davri keldi
Tört yil ötib u baribir AQŞ prezidentligiga saylandi. Missuri universiteti professori Mitçell MakKinni demokratlar nisbatan yoş nomzodlardan köra tajribalisini afzal körişgani hayratlanarli emasligini ta'kidladi. U Baydenni soğlom fikrli, uzoqni köra biladigan, xalqni öylaydigan va uni «imillagan Jo» deb ataydigan Trampning aksi - ziyrak siyosatçi deb hisoblaydi.

Bayden qaraşlari özgaça bölgan hamkasblari bilan ham aloqalarni yaxşi örnata olgan siyosatçi sifatida ma'lum. «U Kongressda uzoq vaqt işlagan va barçaning tilini topa olgan», deydi DW bilan suhbatda politolog, Ostindagi Texas universiteti professori Bryus Byukenen.
«Vaşingtonda Jo Baydenni yoqtirmaydigan biror odamni topiş qiyin. U köp yillar mobaynida Kongressda respublikaçilar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan döstona va dilkaş inson sifatida nom qozongan», deya qayd etadi u. Ayrim respublikaçi senatorlar saylovlar arafasida Bayden bilan işlaşga tayyorliklarini bildirişgandi.
Baydenning maqsadi - Amerikani birlaştiriş
Jo Bayden qarama-qarşiliklar girdobida qolgan Amerikani birlaştirişni maqsad qilgan. «Agar menga prezidentlikni işonsangiz, men zulmatning emas, yoruğlikning ittifoqçisi bölaman», degandi u 20 avgust kuni AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiyadan rasman nomzod bölganida. «Barçamiz uçun birlaşiş vaqti keldi», deya qöşimça qilgandi siyosatçi va barça uçun, şu jumladan, öziga ovoz bermagan amerikaliklar uçun ham «qattiq mehnat qilişi»ni aytgandi.

Bayden millionlab yangi iş örinlari yaratişni va'da qilgan va buning uçun zarur investitsiya Donald Tramp ma'muriyati davrida badavlat kişilar uçun bekor qilingan soliqlarni qayta tiklaş evaziga kelişi mumkinligini aytib ötgan.
AQŞning yangi saylangan prezidenti iqlimni muhofaza qiliş masalalariga ham alohida e'tibor bilan qaramoqda. Tramp bir neça marta iqlim özgarişi inson faoliyati tufayli röy berişiga şubha bildirgan bölsa, Bayden AQŞni 2050 yilga qadar töliq qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötkazmoqçi.
Baydenning Rossiyaga nisbatan siyosati qanday böladi?
Baydenning taşqi siyosat böyiça qaraşlari köpçilikka ma'lum. Uning asosiy va'dasi - «AQŞning jahon maydonidagi munosib hurmati»ni tiklaş. Bryussellik ekspert Bruno Lete Bayden NATO doirasidagi hamkorlikka bu hamkorlikka «sen - menga, men - senga» prizmasi orqali qaragan Trampga nisbatan jiddiyroq yondaşişini qayd etadi.
Lete Bayden AQŞ va Rossiya munosabatlarini rivojlantiriş borasida köplab köngilsizliklarni boşdan keçirganini eslatib ötgan. U vitse-prezident bölganida, öşa vaqtdagi davlat kotibi Hillari Klinton Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan birga 2009 yilda Moskva bilan munosabatlarning yangi bosqiçi sifatida «qayta boşlaş» tugmasini bosişgandi. «Bayden Rossiyaga döstlik qölini çöziş borasida qilingan harakatlar qanday zoye ketganiga yaqindan guvoh bölgan», deya qöşimça qiladi ekspert.
Vaşingtondagi Hans Zaydel (Hanns-Seidel-Stiftung) nomidagi fond bölim boşliği Kristian Forstner ham Bayden prezidentligi davrida Vaşingtonning Rossiyaga nisbatan siyosati özgarişsiz qolişini aytib ötgan. «AQŞda hozir Moskvaga işonç darajasi juda past. Kongress ham, Senat ham, demokratlar ham, respublikaçilar ham Rossiya bilan munosabatlarda qat'iy pozitsiya tanlaşni ma'qul körişadi. Bu Ukraina, Gruziya va boşqa turli sabablar bilan boğliq», deydi ekspert. Şu tufayli Bayden nimanidir özgartirişni istasa ham, uning qöllari boğliq, deydi Kristian Forstner.
Koronavirusga qarşi kuraş – Baydenning ustuvor yönalişlaridan biri
Jo Bayden koronavirus pandemiyasi boşlanganidan buyon mamlakat aholisiga köp marta murojaat bilan çiqdi va vafot etgan bemorlarning yaqinlariga hamdardlik bildirişga vaqt ajratdi.
Baydenning bu mavzudagi çiqişlari amaldagi prezident Donald Trampning fikrlaridan keskin farq qiladi. Trampning özi koronavirusga çalinib tuzalgan va şifoxonadan Oq uyga qaytganidan söng bu kasallikdan qörqiş kerak emasligini aytgandi.
Jo Bayden esa amerikaliklarni niqob taqiş, ijtimoiy masofaga rioya qiliş va kasallikka jiddiy qaraşga çaqirmoqda. Bayden Oq uyga kelganidan söng birinçi kundanoq pandemiyaga qarşi kuraşiş böyiça rejasini taqdim etiş va federal miqyosda niqob taqiş rejimini joriy etişga va'da bergan.

ROBERTO SCHMIDT / GETTY IMAGES
«Men ğalaba qozonganimdan keyin ham bu pandemiyani tugatiş uçun qarşimizda uzoq davom etuvçi va qiyin iş turadi. Men va'da qilamanki, biz birinçi kundanoq töğri yönalişda işlay boşlaymiz», degan Bayden.
Baydenni prezidentlik va muammolar kutmoqda. U işni nimadan boşlamoqçi?













