Tbilisida yuz bergan to‘qnashuvlarda 30ga yaqin kishi jarohatlandi
Gruziya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kaxa Sabanadzening ma'lumot berishicha, 14 nafar politsiyachi, uch nafar jurnalist va namoyishning o‘nga yaqin ishtirokchilari jarohatlandi.
Dushanbaga o‘tar kechasi Tbilisi politsiyasi xodimlari muxolifat tarafdorlarining Gruziya Markaziy saylov komissiyasi binosiga bostirib kirishga urinishi vaqtida 19 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, parlament saylovi natijalaridan norozi bo‘lgan muxolifat tarafdorlarining norozilik namoyishlari chog‘ida yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida 30ga yaqin kishi jarohat olgan.
“Tosh va boshqa buyumlar uloqtirgan bir guruh shaxslarning tajovuzkor harakatlari davomida 14 politsiyachi, uch jurnalist va namoyishning o‘nga yaqin ishtirokchilari jarohatlandi. Ularning barchasiga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi, ayrimlari shifoxonaga olib ketildi”, – dedi Gruziya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kaxa Sabanadze.
Uning qayd etishicha, qo‘lga olinganlarga nisbatan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish ayblovi bo‘yicha surishtiruv boshlangan.
Xabarlarga ko‘ra, dushanbaga o‘tar kechasi Gruziya Markaziy saylov komissiyasi binosi yaqiniga muxolifatning bir necha yuz nafar tarafdorlari to‘plangan, ularning bir qismi o‘zini tajovuzkorona tutgan. Politsiya namoyish ishtirokchilariga qarshi suv purkaydigan vositalarni qo‘llashga majbur bo‘lgan.
Muxolifat 31 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi natijalarini bekor qilish va qaytadan saylov o‘tkazishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024
Gruziya parlamenti prezidentning impichmentini qayta boshlaydi
11:45 / 06.10.2024