O‘zbekiston | 15:52 / 11.11.2020
6269
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz»: 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1,2 tonna gaz kondensati qazib olinadigan yangi quduq ochildi

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «To‘maris» gaz kondensat konidagi 11-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, quduqni o‘zlashtirish natijasida kuchsiz gaz oqimi olingan edi.

Hozirda quduqda qatlamni gidravlik yorish ishlari olib borilmoqda. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduq o‘zlashtirilganda kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,2 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun, burg‘ilash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi 2822-sonli qarori asosida tasdiqlangan «2017–2021 yillarda uglevodorodlar qazib chiqarishni oshirish» dasturi doirasida amalga oshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid