Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamoqxonalarni to‘ldirib faqat qimmatga tushamiz» – Badiiy akademiya olimi korrupsiyani yo‘qotishning ikki yo‘li haqida gapirdi
«Poraxo‘r odam oson xiyonat qiladi, halol odam esa unga qarshi kurashadi. Prezident Mirziyoyev aytgan «halollik vaksina»si aslida odamning o‘zi», – deydi Obidjonova.
Bugun, 12 noyabr kuni AOKA binosida «Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020 yil 21 aprelda qabul qilingan prezident qarori ijrosi yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Unda Badiiy akademiya bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova qaror yuzasidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma'lumot berdi.
Tadbir yakunida Kun.uz muxbiriga intervyu bergan Feruza Obidjonova bir qator masalalar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash borasida ham fikrlarini bildirdi.
«Poraxo‘r odam oson xiyonat qiladi, halol odam esa unga qarshi kurashadi. Prezident Mirziyoyev aytgan «halollik vaksina»si aslida odamning o‘zi. Ikkinchisi islohotlar. Shu ikki omil korrupsiyani yo‘qotadi. Boshqacha kurash nazarimda, samarali emas.
Prokuratura faqat natijalar uchun javob beradi. Qamoqxonalarni to‘ldirib faqat qimmatga tushamiz. Undan ko‘ra, hozirdan halol, vijdonli, iymonli va rostgo‘y odamni tarbiyalash haqida bosh qotirsak, kutayotgan natijamiz – korrupsiyani yo‘qotishga erishishimiz mumkin», – deydi Obidjonova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zbek jamiyatida ko‘pincha bolaga halol bo‘l deyiladi, lekin halollik qanday bo‘lishi, unga qanday erishish va halollikning asosi nima ekanligi o‘rgatilmaydi.
«Bolaga rost gapir deymiz, lekin unga qanday rost gapirishni, rostgo‘ylik nimaligini o‘rgatmayapmiz. Undan rost gapirishni talab qilamiz, lekin bola qo‘rqsa, u nima qilishi kerak?
Biz bolaga G‘azzoliy, Buxoriy, Termiziyni o‘qitishimiz kerak. Halollik haqida ular eng yaxshi fikrlarni bildirishgan.
Amerikalik sotsiolog, ruhshunos Erix From esa halollikni yashash san'ati deya ta'riflagan edi. Bolaga qanday yashashni o‘rgatmasdan turib, talab qilish eng kamida noto‘g‘ri.
G‘azzoliy ham aytadi: «Bolaga bu bo‘yicha bilim, ta'lim bermay turib, talab qilishning foydasi yo‘q».
Qaytaraman korrupsiyani yo‘qotishning yo‘li halol odamni tarbiyalash va to‘g‘ri islohot.
Mavzuga oid
17:23 / 09.07.2026
Sobiq davlat xizmatchisi uchun antikorrupsiya xulosasini olish tartibi tasdiqlandi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:59 / 01.07.2026