Qayd etilişiça, mazkur hujjat “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun ijrosini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan. Unda davlat organi yoki taşkilotida işlagan xodim işdan böşaganidan keyin 2 yil davomida uni özi nazorat qilgan taşkilotga işga olişdan oldin avvalgi iş joyining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmasidan majburiy xulosa olinişi belgilangan.
Bunda, nazorat ostida bölgan taşkilot sobiq davlat xizmatçisini işga qabul qilmoqçi bölsa, kadrlar bölimi 1 iş kuni içida içki nazorat bölinmasiga murojaat qiladi.
Içki nazorat bölinmasi 3 xil xulosa berişi mumkin:
ijobiy — işga qabul qiliş mumkin;
çeklovli ijobiy — ayrim çeklovlar bilan işga qabul qilinadi;
salbiy — işga qabul qiliş rad etiladi.
Uşbu xulosa olinmagan yoki salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni işga qabul qiliş taqiqlanadi.
Çeklovli ijobiy xulosa berilganda, xodimga quyidagi çoralar belgilanadi:
3 oy davomida avval nazorat qilgan taşkilot böyiça qarorlar qabul qilişda iştirok eta olmaydi;
manfaatlar töqnaşuviga olib kelişi mumkin bölgan vazifalari qayta taqsimlanadi;
faoliyati içki nazorat bölinmasi tomonidan monitoring qilinadi.
Agar sobiq davlat xizmatçisi içki nazorat bölinmasining xulosasidan norozi bölsa, u yuqori turuvçi taşkilotga yoki Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga şikoyat qiliş huquqiga ega.

















