Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yoshlarning 90 daqiqa vaqtini behuda o‘g‘irlamaslik kerak» - Abduhakimov OTM o‘qituvchilari haqida
«20 minut yo‘qlov qiladi, 20 minut o‘zining oilaviy muammolarini gapirib beradi, keyin oxirida oldi-qochdi 4-5ta gap bilan dars vaqti tugaydi, chiqib ketadi. O‘qituvchi Turizm universitetida shunday qila olmaydi».

Sport va turizm sohalari rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarning ildizi ta'limga borib taqaladi, deb hisoblaydi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Turizm qo‘mitasi raisi 11 noyabr kuni viloyat hokimlarining turizm va sport sohalariga mas'ul o‘rinbosarlari uchun boshlangan seminar vaqtida shu haqda gapirib o‘tgan.

«Hozirgi kunda oldimizda turgan eng og‘ir va dolzarb masala – bu ta'lim. Ikkala sohada ham [turizm va sport] bu juda katta muammo.
Ochig‘ini aytganda, hozirgi hamma kamchiliklarimiz kadrlar yetishmovchiligidan kelib chiqmoqda. Lekin «voy, endi qachon rivojlanarkin», deb o‘tirish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Shu sabab Samarqandda turizm universitetini tashkil qildik. Bunday innovatsion yondashuv bilan ochilgan universitet O‘zbekistonda endi-endi paydo bo‘lyapti.
Ta'lim sifatini kafolatlangan darajada ta'minlash uchun IT texnologiyalaridan foydalanishimiz kerak. O‘qituvchi darsga kirib yoshlarimizning 90 daqiqa vaqtini behuda o‘g‘irlab, auditoriyadan chiqib ketishi kerak emas. 20 daqiqa yo‘qlov qiladi, 20 daqiqa o‘zining oilaviy muammolarini gapirib beradi, keyin oxirida oldi-qochdi 4-5ta gap bilan dars vaqti tugaydi, chiqib ketadi.
O‘qituvchi Turizm universitetida shunday qila olmaydi. Jarayon to‘liq onlayn shaklda kechadi. Darslar internet orqali ham uzatib turiladi, ham yozib olinadi. Leksiyada nima gapirganini hamma ko‘rib turadi. Darsni sifatsiz o‘tadigan bo‘lsa, ertasiga borib uni jazolaymiz yoki o‘qituvchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi. O‘qitsam ham, o‘qitmasam ham bu yerda 100 yil yuraman degan gap yo‘q», – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 21:29
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
Mavzuga oid

08:37 / 02.06.2025
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida

16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi

09:24 / 12.12.2024