O‘zbekiston | 18:20 / 13.11.2020
2232
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi

2020 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Varshava shahrida (Polsha) onlayn shaklda bo‘lib o‘tadigan Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llab, mamlakatimizning diniy erkinlikni ta'minlash borasidagi tajribasi to‘g‘risida ma'lumot beradi.

Dunyo AAning ma'lum qilishicha, Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 va 2019 yillarda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan birinchi va ikkinchi Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyalarida ham qatnashgandi.

2018 yil dekabr oyida AQSh Davlat departamenti qarori bilan O‘zbekiston diniy erkinliklar sohasida «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid