Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara nazoratidan o‘tkazish kompyuterda amalga oshiriladi – DXX vakili Toshkent aeroportida o‘tkazilayotgan sinov haqida ma'lumot berdi
Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda elektron GATE’lar sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda 13 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari Chegara nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdulhamid Abdurahmonov ma'lum qildi.
«Fuqarolarga chegara nazoratida qulaylik yaratish maqsadida informatsion-kommunikatsion texnologiyalar joriy etilmoqda. Bu texnologiyalar orqali biz yurtimizga kirib kelayotgan shaxs haqida avvaldan ma'lumotga ega bo‘lamiz.
Elektron GATE’lar tizimini kiritmoqchimiz, bunda chegara nazoratidan o‘tkazish inson tomonidan emas, kompyuterda amalga oshiriladi. Fuqaro pasport taqdim etadi va yuz solishtiruvi orqali nazoratdan o‘tadi. Bu borada tajriba o‘tkazilyapti.
Toshkentdagi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportda o‘tkazilayotgan bu sinov bir oyda yakuniga yetadi. Keyingi yil boshidan yurtimizdagi o‘tkazish punktlarida bu moslamalar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan», dedi Abdulhamid Abdurahmonov.
U 1 oktyabrdan barcha davlatlarga kirish-chiqish uchun ruxsat berilgani, bu masala chet davlatlarning aviatsiya yoki temiryo‘l orqali aloqalarni yo‘lga qo‘yishiga bog‘liq bo‘lib turgani, bugungi kunda barcha davlatlar bilan charter reyslar yo‘lga qo‘yilganini aytib o‘tdi.
Chegara orqali kelayotgan har bir fuqaro sog‘ligi to‘g‘risida ma'lumotnoma taqdim etgan holda tegishli tartibda o‘tkazilayotgani, bunday holda koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonga kirib kelishi juda minimal darajada deb hisoblanishi, shu sababdan qo‘shni davlatlar bilan davlat chegaralarini ochish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani qayd etib o‘tildi.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026