Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada parvozlarni taqiqlash koronavirusga qarshi kurashda befoyda chora deb topildi
Yevrokomissiya may oyida Yevroittifoq mamlakatlariga virus tarqalishi sharoitida aviatsion cheklovlarni saqlab qolishga ruxsat bergandi.
Yevrokomissiya aviaparvozlarni taqiqlashni koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda befoyda chora deb topdi.
«Biz parvozlarni taqiqlashni pandemiyani tutib turishda samarali deb hisoblamaymiz», — deyiladi transport bo‘yicha yevrokomissar Adina Valean imzolagan hujjatda.
Yevrokomissiya may oyida Yevroittifoq mamlakatlariga virus tarqalishi sharoitida aviatsion cheklovlarni saqlab qolishga ruxsat bergandi, ammo yarim yildan so‘ng cheklovlarni olib tashlash kerak degan xulosaga keldi.
Bundan tashqari, parvozlar vaqtida bortda sanitariya talablariga amal qilish samaraliroq ekanligi ta'kidlangan. Ushbu tavsiya ko‘rib chiqish uchun Yevroparlament va YeI mamlakatlari kengashiga taqdim etilgan.
Yevrokomissiya sentyabrda YeI ichidagi sayohatlar uchun yagona cheklov tizimini joriy etishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026