Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston olimlari zilzilalarni oldindan prognoz qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Tojikiston Fanlar akademiyasi Geologiya, zilzilalarga chidamli qurilish va seysmologiya instituti o‘rtasida kelishuv imzolandi, deb xabar bermoqda O‘zFA rasmiy sayti.
Kelishuv doirasida ikki mamlakat mutaxassislari zilzilalarni bashorat qilish va seysmik rayonlashtirish sohasida uslubiy ishlanmalar va geologik, geofizik, seysmologik ma'lumotlar almashadi.
Shuningdek, hujjat Markaziy Osiyoning zamonaviy geodinamikasi va seysmikligini, platforma va orogen mintaqalarining holatini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, seysmik xavfni baholash, zamonaviy geodinamika kabi sohalarga bag‘ishlangan simpoziumlar va ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan.
Ikki davlat mutaxassislari kuchli zilzilalarning episentral zonasida makroseysmik va seysmotektonik tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirishni ham mo‘ljallamoqda.
Ushbu kelishuv ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qayd etib o‘tish lozimki, Markaziy Osiyo hududi jahondagi eng yirik seysmik zonalardan biri hisoblanadi. So‘nggi bir asr mobaynida mintaqada bir necha bor vayronkor zilzilalar ro‘y bergan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
20:00 / 09.06.2026