Ma'lum qilinişiça, yiğilişda «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi dastlabki öqişda körib çiqilgan. Unda deputatlarning iş faoliyatini yanada yengillaştiriş va mansabdor şaxslarning xalq vakillari sörovlariga nisbatan mas'uliyatini oşiriş masalalari muhokama qilingan.
Yiğilişda deputat Rasul Kuşerbayev sörovlarga vaqtida javob qaytarmagan mansabdor şaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortiş jazosini qöllaş taklifini bildirgan.
«Qonun qabul qilganimiz bilan köryapmiz, bu narsalar amalda işlamayapti-ku! Masalan, 5-6 nafar deputat boş prokuror nomiga yuborgan sörovimizga 3 oydan keyin javob berildi. Özimiz yalindik oxiri çiqib: ey, javob beringlar iltimos, deb.
Yangi normada qöşib ketilyapti davlat siriga oid sörov bölsa, saytga (OMQP sayti) joylaştirilmaydi, deb. Davlat siriga oid bölsa, biz sörovimizga javobni özimiz ola olmayapmiz, hattoki. 3 nafar deputat sörov beryapmizda, savolni aniq qöyyapmiz «bizlarga javob bering», deb.
Bu nima uçun kerak? Baribir amalda işlata olmaymiz-ku! Yaxşisi birinçi amalda işlaydigan, javobgarlikni aniq, qat'iyligi va qonunni bajariş talabi nuqtayi nazaridan bajarişga majbur qiladigan talablarni qöyaylik. Mening taklifim, javobgarlik masalasini ham olib kirsak, kerak bölsa deputatlik söroviga javob bermaganligi uçun javobgarlikni jinoyat kodeksiga kiritaylik. Jinoiy javobgarlik masalasini qöyaylik. Qolgan sohalarda bor-ku, murojaatlar tartibini buzadigan bölsa, şunaqa çoralar köriladi. Buni ham kiritaylik», degan Kuşerbayev.
Xabar qilinişiça, yiğilişda deputat Qodir Jörayev deputatlik sörovi va uning javobini Qonunçilik palatasi rasmiy saytida e'lon qilib boriş taklifini bergan.
«Deputat sörovi va unga kelgan javobni Oliy Majlis qonunçilik palatasining rasmiy veb-saytida joylaştirilişi töğrisida norma taklif qilinyapti. Ya'ni deputat sörovi yuborilganining ertasi kuni, kelgan javob esa qabul qilingan kundan boşlab veb-saytga rasman joylaştirilişi belgilab qöyilyapti. Bu böyiça juda köp e'tirozlar bor, lekin bu deputatlik sörovlariga nisbatan talabçanlik oşişiga xizmat qiladi.
Ba'zida mansabdor şaxslar mensimasdan notöğri yoki qoniqarsiz javob qaytarişadi. Şunday holatlarda deputat taşabbusi bilan tegişli mansabdor şaxs fraksiya, qömita yiğilişlariga taklif etilişi mumkinligi töğrisidagi norma ham qonun loyihasida taklif qilinmoqda» degan Qodir Jörayev.
















