Jamoatçilik faoli Rasul Kuşerbayev Samarqanddan Abu-Dabiga uçayotganida tasodifan favqulodda çiqiş eşigi oldida ötirganini, ekipaj a’zolari unga bu örindiqda ötirgan yölovçining majburiyatlarini tuşuntirganda tuşunmay qolganini aytib çiqqandi. Kuşerbayev bort kuzatuvçisidan qoidalarni özbek yoki rus tilida eslatişini söragaç, ekipaj a’zolari undan bortni tark etişni söragan. Biroq aviakompaniya işlaş tizimi qoidalarni özbek tilida tuşuntirib beriş majburiyatini öz içiga olmaydi. Muammoli vaziyatdan söng Kuşerbayev aviakompaniya ustidan prezident portaliga şikoyat qilganini bildirgandi.
Wizz Air kompaniyasi Kun.uz'ga xat yöllab, voqea yuzasidan içki suriştiruv ötkazilganini ma’lum qildi. Unga köra, körilgan çoralar ham içki qoidalar, ham xalqaro me’yorlar, favqulodda çiqiş eşigi oldida ötiriş majburiyatlari, xavfsizlik qoidalariga mos. Yölovçi ingliz tilida gapirişi va tuşunişi kerak edi, deyiladi munosabatda.
Bundan taşqari, ekipaj bortda sözlaşuv qoidalaridan kelib çiqib, faqat ingliz va arab tillarida tuşuntiradi. Kompaniya Kuşerbayev talab qilgan rus, özbek yoki rasman belgilanmagan tillarda sözlaşiş uçun heç qanday mas’uliyatni olmagan.
Wizz Air rasmiy munosabatida kelişiça, yölovçi ingliz tilini bilmayman desa-da, qoidalarni tuşunganini tasdiqlagan. Muammoning jiddiylaşişi til böyiça asossiz talab ortidan kelib çiqqan. Wizz Air xodimlari yölovçilar xavfsizligi va qulayligini birinçi öringa qöyadi, professionallik va madaniy sezgirlik bilan vaziyatga yondaşadi, deydi aviakompaniya.
Ma’lum qilinişiça, Kuşerbayev muloqot çoğida ovozini kötargan, boşqa yölovçilarni ham muhokamaga jalb qilişga uringan, ekipaj a’zolarini esa Özbekistonni hurmat qilmaslikda ayblagan. Bort kuzatuvçilari vaziyatni yumşatiş uçun harakat qilganiga qaramay, yölovçi muhokamani yana jiddiylaştirgan. Wizz Air itoatsiz harakatlarni qabul qilmaydi, deb yoziladi rasmiy xatda.
Manzilga yetib borilgaç, voqeani hujjatlaştiriş uçun Abu-Dabi politsiyasiga murojaat qilingan. Kuşerbayev ekipaj a’zolaridan uzr söragani aytilmoqda.
“Wizz Air Abu-Dabi amirligi qonunçiligi böyiça işlaydi, xalqaro xavfsizlik standartlariga amal qiladi. Ekipajimizning har bir xatti-harakatini oqlaymiz, xavfsizlikni birinçi öringa qöygani uçun ularga minnatdorlik bildiramiz”, deydi aviakompaniyaning jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Anastasiya Novak.












