Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ona chaqalog‘ini 1,9 million so‘mga sotib yubordi
23 oktabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumani va Namangan shahar ichki ishlar organlari xodimlari olingan ma'lumotga asosan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida aniqlanishicha, viloyatning Chortoq tumanida yashovchi, 1999 yil tug‘ilgan ayol 2020 yil 18 may kuni dunyoga keltirgan chaqalog‘ini Chortoq tumanida yashovchi, 1969 yil tug‘ilgan fuqaroga 1 900 000 (bir million to‘qqiz yuz ming) so‘mga sotib yuborgan.
Ma'lum bo‘lishicha, farzandini sotgan ayol hali turmushga chiqmagan. Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:41 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan viloyatida bo‘ladi
17:30 / 19.06.2026
Namanganda IIB tergovchisi nomusga tegish jinoyatini “yopib” yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
09:00 / 18.06.2026
Namanganda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi qo‘lga olindi
11:55 / 12.06.2026