Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘afur G‘ulom istirohat bog‘i hududida turar joy inshootlari qurilmaydi - Madaniyat vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududi buzilib, o‘rniga turar joy majmuasi qurilayotgani haqida xabar tarqaldi.

Madaniyat vazirligining ma'lum qilishicha, bu asossiz xabar.
“Ya'ni chindan ham bog‘ hududida ish jarayoni boshlangan. Ammo turar joy majmualari qurilmayapti, aksincha, bog‘da yengil konstruksiyali inshootlarni buzish (demontaj) ishlari olib borilmoqda.
Ishlab chiqilgan yangi loyihaga ko‘ra, bog‘ hududida turar joy inshootlari qurilmaydi.
Shuningdek, obekt hududidagi texnik jihatdan eskirgan attraksion hamda o‘yin qurilmalarini olib chiqish bo‘yicha barcha tadbirkorlar ogohlantirilgan va ushbu talabga ular tomonidan e'tiroz bildirilmagan”, - deyiladi vazirlik rasmiy bildirishida.

Ta'kidlab o‘tilishicha, olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonida bog‘ hududidagi suv havzasi, daraxtlar va boshqa o‘simliklarga ziyon yetmagan, ular doimiy ravishda parvarish qilinmoqda.
Mavzuga oid
16:55 / 15.12.2022
Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i) sizni mo‘jizaviy ertagiga taklif qiladi
12:24 / 27.10.2022
Hukumat rasmiylari G‘afur G‘ulom bog‘ining nomini o‘zgartirmaslik masalasida tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi
17:48 / 26.10.2022
“G‘afur G‘ulom bog‘ining nomi o‘zgarmaydi” - Chilonzor tumani hokimligi
13:51 / 25.10.2022