Toşkentdagi Ğafur Ğulom boğida ta’mirlaş işlari tugatilib, test rejimida faoliyati sinab körilmoqda. Çilonzor tuman hokimligining ma’lum qilişiça, boğ tez kunda Dream Park nomi bilan qayta oçiladi.
Boğning xalq örganib qolgan nomi özgarayotgani, boz ustiga yangi nom inglizça ekani e’tirozlarga sabab bölmoqda. Boğ darvozasidan “Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boği” degan yozuv olib qöyilgan.
“Yuz mingdan ortiq özbekça söz içidan şu boğga munosib nom topilmabdi. Özbekça nom qöysa yaraşmaydi yo zamonaviy körinmaydi deb öylaşgandir, balki. Inglizçalab Dream Park desa modern töking böladi-da, a? Heç qursa, “Orzular boği” de, “Orzu boği” de. Yöq, albatta, ajnabiy ot qöyilişi kerak. Özi hammayoq şunaqa xorijiy nomlarga tölib ketyapti. Heç bölmasa, ommaviy maskanlarga özbekça ot qöyinglar, baraka topkurlar”, – deya yozdi Telegram'dagi Orif Tolib kanali muallifi.
Tarmoq foydalanuvçilarining köpçiligi boğ özbekça nomlanişini yoqlaşgan. Ulardan biri boğni Ğafur Ğulom asarlarining eng maşhur qahramonlaridan birining şarafiga “Şum bola” deb ataşni taklif qilgan.
Kun.uz boğ nomining yangilanişi masalasiga aniqlik kiritiş uçun boğ ma’muriyatiga murojaat qildi. Boğ direktori örinbosari Zafar Mirzauluğovning aytişiça, “boğ nomi özgarmaydi” va Ğafur Ğulom nomi saqlanib qoladi. Faqat yoniga Dream Park sözi qöşiladi.
“Orzular boği” degan söz qöşilib, Ğafur Ğulom nomidagi Dream Park yoki “Orzular boği” deb ataladi. Nom masalasida bizda juda köp variant bor edi. Masalan, Ğafur Ğulom yoniga “Şum bola” sözini ham qöşmoqçi böldik. Rahbariyat Dream Park nomini tanladi”, – dedi boğ direktori örinbosari.
Eslatib ötamiz, bir neça yil oldin Mirzo Uluğbek nomidagi madaniyat va istirohat boğiga (sobiq Telman boği) Central Park, Milliy boğning bir qismida taşkil etilgan istirohat maskaniga esa Magic City degan nomlar berilgandi.
Çilonzor tumanining asosiy boği bölmiş Ğafur Ğulom parki ta’mirlaş işlari uçun 2019 yil mart oyida yopilgan edi. Natijada oxirgi uç yildagi yoz mavsumlarida şahar aholisi boğdan foydalana olmadi.
Park “BMP Smart Decision Private Limited” xorij kompaniyasiga (egasi özbekistonlik) 49 yilga ijaraga berilgan. Kompaniya boğni töliq rekonstruksiya qildi. Keça, 24 oktyabr kuni Çilonzor tumani hokimligi rekonstruksiya yakunlanganini

















