26 oktyabr kuni rasmiy şaxslar va Singapurning “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasi rahbariyati örtasida Ğafur Ğulom nomidagi istirohat boğining nomi özgarişi böyiça ijtimoiy tarmoqlardagi şov-şuvlar yuzasidan uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantiriş masalalari departamenti bölim mudiri U.Mahmudov, Toşkent şahar hokimi örinbosari A.Xen, hokimning davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi A.Rözitoyev, Toponimika bölimi boşliği A.Jabborov, kompaniya rahbari O.Mirzajonov va uning örinbosari Z.Mirzauluğov iştirok etgan.
Departament xabariga köra, uçraşuvda tadbirkor boğning nomi özgarmasligini, Özbekiston qonunlarini hurmat qilişini, boğning nomini özgartirişga “heç qanday xohişi yöqligi”ni aytgan.
“Dream Park” va “Orzular boği” degan nomlardan “faqat savdo belgisi sifatida” foydalanişini bildirgan.
Uçraşuvda tadbirkorga “Geografik obektlarning nomlari töğrisida”gi qonun talablari haqida ma’lumot berilgan.
Eslatib ötamiz, Ğafur Ğulom boği “Dream Park” nomi bilan qayta oçilişi haqida avvaliga Çilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan edi. Şundan keyin xalq örganib qolgan nom ajnabiy sözlar bilan almaşayotgani e’tirozlarga sabab bölgaç, hokimlik matbuot xizmati bu boradagi xabarini tahrirladi.
Uç yildan buyon ta’mirlaş işlari sabab yopiq bölgan Ğafur Ğulom boği tez kunlarda oçilişi va’da qilingan. Çilonzor tumani hokimligi boğ hali oçilmagani, attraksionlarning xavfsizligini sinaş işlari yakunlangaç, rasmiy oçiliş marosimi bölişini ma’lum qilgan.
Boğ Singapurda röyxatdan ötgan, Özbekiston fuqarosiga tegişli “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan. Ijara şartnomasining şartlari keng ommaga oçiqlanmagan.

















