Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boği nomi özgarmaydi. Bu haqda Çilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta’minlaş böyiça maslahatçisi Botir Rasulovning aytişiça, boğning nomlanişiga rasman özgartiriş kiritilmagan.
Boğ nomini özgartiriş haqida Geografik obektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalari böyiça tuman komissiyasi nomiga ariza kelib tuşmagan.
“Albatta, bu borada jamoatçilik fikri ham e’tiborga olinadi. Boğ oldin atalgan nomi Ğafur Ğulom nomidagi boğ bölib qoladi”, – dedi hokim maslahatçisi.
Eslatib ötamiz, avvalroq boğni 49 yilga ijaraga olib, uni rekonstruksiya qilgan kompaniya uni Dream Park deb ataşga qaror qilgani ma’lum bölgandi.
Aholi örganib qolgan nomning inglizça nomga almaşişi jamoatçilik e’tiroziga sabab bölgaç, boğ ma’muriyati Kun.uz'ga izoh bergandi: Boğ nomiga “Orzular boği” degan söz qöşilib, Ğafur Ğulom nomidagi Dream Park yoki “Orzular boği” deb ataladi.
Rekonstruksiya davomida boğ darvozasidan “Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boği” degan yozuv olib qöyilgan. Ayni paytda boğ oçilişiga tayyorgarlik körilmoqda.

















