JSTTda pandemiya ustidan g‘alaba qozonish uchun vaksinaning o‘zi kamlik qilishi aytildi
Koronavirusga qarshi vaksinaning paydo bo‘lishi virus tarqalishini nazoratga olishga imkon beradi, biroq pandemiyani yo‘q qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday fikrni JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus bildirdi.
“Pandemiya boshidan beri vaksina uni nazorat ostiga olish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini bilgandik. Biroq aytish joiz, vaksina bizda mavjud boshqa dastaklarga qo‘shimcha bo‘ladi, biroq ularning o‘rnini bosmaydi”, deb yozgan JSST rahbari tvitterda.
Uning ta'kidlashicha, pandemiyani to‘xtatish uchun kuzatuv olib borish, testlar o‘tkazish, davolash, o‘zini yakkalash, karantin hamda odamlarni ogoh bo‘lishga chaqirishni davom ettirish lozim.
“Koronavirusga qarshi vaksinalar dastlab cheklangan miqdorda yetkaziladi, bunda ustuvorlik tibbiy xodimlar, keksalar va aholining xavf guruhiga kiruvchi boshqa toifalariga beriladi”, deb qo‘shimcha qilgan Gebreyyesus.
“Bu, umid qilishimizcha, o‘limlar sonini kamaytirishda, sog‘liqni saqlash tizimiga o‘z vazifalarini uddalashda yordam beradi, biroq virus tarqalishi uchun baribir ko‘p imkon qoladi”, deb ogohlantirgan Gebreyyesus.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi bir nechta vaksina ishlab chiqilgan. Ulardan ba'zilari sinovlarning yakuniy bosqichidan o‘tkazilmoqda. Jumladan, Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasi “Sputnik V”ning samaradorligi 92 foizga baholangan, AQSh va Germaniyaning Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasi esa 90 foizdan ko‘proq, AQShning Moderna kompaniyasi vaksinasi esa 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024