O‘zbekiston | 14:36 / 16.11.2020
9053
8 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi boshchiligida prezidentning Qashqadaryoga tashrifidagi topshiriqlar ijrosi bo‘yicha videoselektor o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12–13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Tashrif doirasida, “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalarining mahalliylashtirish va kooperatsiya paviloniga ham tashrif buyurgan Prezident Shavkat Mirziyoyevga, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan mazkur pavilon, uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hamda “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida olib borilayotgan islohotlar, kelgusidagi rejalar haqida axborot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqlar, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida 2021 yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar va sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlarni tegishli mutaxassislarga yetkazish va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, 2021 yilda uglevodorod zaxiralarini o‘stirish, qazib chiqarish, tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini amalga oshirish yuzasidan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni muhokama qilish maqsadida Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Videoselektorda, avvalambor, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Neft va gaz sohasida izlov-qidiruv ishlari, uglevodorod zaxiralarini o‘stirish, yangi konlarning ochilishi, qayta ishlash zavodlari uchun zamin va zaxira yaratilishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan xavf borligi haqida so‘z yuritganlari eshittirildi.

Boshqaruv raisi tomonidan, tabiiy gaz qazib chiqarish respublikada eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanib, tabiiy gaz qazib olish uchun gaz zaxiralarini o‘stirish, gaz qazib olish va gazni qayta ishlash yo‘nalishlari o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi va ushbu ishlarni birgalikda amalga oshirish kerakligi haqida topshiriqlar berildi.

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va loyihalash institutlari bilan hamkorlikda geologiya qidiruv ishlarini jadallashtirish, kechayu kunduz ishlarni tashkil etish, uglevodorod zaxiralarini o‘stirish bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining eng ustuvor vazifasi deb belgilanishi haqida ogohlantirdi.

Boshqaruv raisining geologiya bo‘yicha o‘rinbosari va departament boshliqlariga, 2021–2023 yillarda Neft va gaz sohasida uglevodorod zaxiralarini o‘stirish, istiqbolli yangi konlarni ochish, Qashqadaryo viloyatidagi Muborak, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida gaz zaxiralarini 2021 yilda 15 mlrd kub metrga, respublika bo‘yicha 40–45 mlrd kub metrga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Geologiya yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor qaratib, bugungi kunda bu muammoli masala ekanligini, shu sababli izlov-qidiruv, geologiya yo‘nalishida ishlab yurgan xodimlarni doimiy malakasini oshirish, kerak bo‘lsa, qo‘shimcha shtatlar ochish hamda xorijdan malakali mutaxassislardan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining geologiya bo‘yicha maslahatchisi lavozimini joriy etish taklifini ilgari surdi.

Shuningdek, 2020 yilda uglevodorodlar qazib chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz qazib olishni hamda suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishini jadallashtirish belgilandi.

2020 yilda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni inobatga olgan holda 2021 yilda uglevodorod qazib chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlashga qaratilgan burg‘ilash, yangi quduqlarni ishga tushirish, mavjud quduqlarda kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini olib borish hamda texnologik jarayonlarda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini bajarishga qaratilgan geologik-texnik chora-tadbirlarni bugungi kundan boshlash choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli departamentlarga topshiriqlar berib o‘tdi.

Mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini keskin tanqid ostiga olib, sohada xaridlar portfeli yaratish va onlayn xaridlarning shaffof bo‘lishi kerak ekanligini ta’kidladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimida Mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini tubdan yaxshilash va ishlarni tashkil etish yuzasidan viloyatlararo ishchi guruhlar tuzish, har bir neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridan malakali texnologlarni jalb qilish va respublika tadbirkorlariga yo‘l ochib berish, tuzilgan shartnomalar yuzasidan kunlik monitoring o‘rnatish uchun jamiyat buyrug‘ini ishlab chiqish masalasida topshiriqlar berildi.

2017–2021 yillarda uglevodorodlar qazib chiqarishni oshirish dasturi doirasida amalga oshirilgan qurilish va jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish, qurilish loyiha ishlari uchun texnik shartlarni Qurilish vazirligi bilan kelishish, barcha qurilish ishlari uchun loyiha hujjatlarini ilmiy tadqiqot institutlari bilan birgalikda yakuniga yetkazish hamda Davlat komissiyasi bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati balansiga qabul qilish ishlarini yakunlash yuzasidan qurilish, transport bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari va tegishli departament rahbarlariga vazifalar belgilab berildi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish jarayonlaridagi xaridlarning shaffofligini oshirish, mavjud uskunalardan oqilona foydalanish, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayonlaridagi eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish orqali ishchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish, nolekvid ehtiyot qismlarining oshmasligi nazoratini kuchaytirish va xarajatlarni iqtisod qilish yuzasidan tegishli departament rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Gazli hududidagi Uchqir siquv kompressor stansiyasini ishga tushirish ishlarini yakunlash, gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasining qurilish ishlarini jadallashtirish, investitsion loyihalarning belgilangan muddatda ishga tushirilishini ta’minlash orqali suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha tegishli mutaxassislarga vazifalar belgilab berildi.

Videoselektor yig‘ilishi davomida boshqaruv raisi yana bir bor kadrlar masalasiga to‘xtalar ekan, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat Neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida tahsil olayotgan talabalarning sohaga jalb etilishi, ularning amaliyot o‘tashi uchun har bir neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida, zavodlarda zamonaviy o‘quv xonalari tashkil etish, o‘quv jihozlari bilan ta’minlash borasida alohida topshiriq berildi.

Talabalarga shu vaqtga qadar soha bo‘yicha nazariy bilimlar berilib, amaliyotda esa boshqarma yoki zavodlarning maketi ko‘rsatib kelinganligi tanqid qilinib, kelgusida bitiruvchilarni neft va gaz qazib chiqarish maydonlariga olib borish, gazni qayta ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish kerakligi xaqida ogohlantirildi.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat Neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali talabalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash va kelajakda ulardan yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda bajarilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish belgilandi.

Boshqaruv raisi tomonidan videoselektor yakunida 2020 yil 1 dekabrga qadar 2021 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi tayyor bo‘lishi borasida mas’ul rahbarlarga topshiriq berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid