Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO rahbari Trampni Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish xavfli ekanligi to‘g‘risida ogohlantirdi
Tramp yaqinda bu Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketishga qarshi bo‘lgan Pentagon rahbari Mark Esperni iste'foga chiqargandi.
Foto: Reuters
AQShning Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishi NATOga "qimmatga tushadi". NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ana shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
"Biz og‘ir yechim oldida turibmiz. Biz Afg‘onistonda 20 yil davomida bo‘ldik va NATOning hech bir a'zosi u yerda keragidan ortiq vaqt qolishni istamaydi. Ammo juda erta va kelishmagan holda chiqib ketishning badali juda katta bo‘ladi", - deyiladi bayonotda.
Stoltenbergning ta'kidlashicha, alyans hech qachon Afg‘onistonda 12 mingdan kam harbiyga ega bo‘lmagan va ularning yarmiga yaqinini amerikalik askarlar tashkil etgan.
Tramp yaqinda bu qarorga qarshi bo‘lgan Pentagon rahbari Mark Esperni iste'foga chiqargandi. Uning o‘rnini egallagan Kristofer Miller esa amerikalik harbiylar ishtirokidagi barcha urushlarni tezroq tugatish zarurligini aytdi.
Mavzuga oid
09:30
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
08:34 / 07.04.2026