O‘zbekiston | 10:30 / 17.11.2020
5396
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashdi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan xalqaro aloqalarni mustahkamlashga va xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

Shu sababli joriy yilning 16 noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashdi.

Tomonlar Ukraina kompaniyalari bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar.

Janob Nikolay Doroshenko Ukraina kompaniyalaridan neft va gaz uskunalari va zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi.

Uchrashuvda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish loyihalariga Ukraina kompaniyalarini jalb etish masalasi alohida o‘rin tutdi.

Ta’kidlash joizki, “O‘zbekneftgaz” AJ bir necha yillardan buyon Ukraina uskunalarini ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilib keladi (15 dan ortiq shartnomalar), ularning aksariyati bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish korxonalarida muvaffaqiyatli ishlamoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
 

Mavzuga oid