Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi “Ashxobod” va “G‘alaba” bog‘larida davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab festival o‘tkaziladi
18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz!” shiori ostida festival o‘tkaziladi.
Festival soat 10:00da poytaxtdagi “Ashxobod” bog‘i oldidagi ulkan bayroq yonida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar, mototsikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad bilan boshlanadi. Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanib, Xalqlar do‘stligi san'at saroyi yonida jam bo‘ladilar.
Soat 11:00da Xalqlar do‘stligi san'at saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san'atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, “G‘alaba” bog‘i majmuasida katta bayram tadbiri tashkil etiladi. Tantanali tadbirda “Vatanga qasamyod” marosimi namoyishi, “Turon” harbiy davlat teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari, Markaziy ashula va raqs ansambli hamda harbiy orkestrning konsert dasturlari, Mudofaa vazirligining Faxriy qorovuli chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi namoyishi, zamonaviy qurol aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:37 / 13.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva «Inson uchun» festivalida ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
20:55 / 20.01.2026
“Yer go‘zali 2025” tanlovida qatnashgan o‘zbekistonlik qiz libosida davlat ramzlaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi
17:24 / 01.01.2026