Jahon | 23:57 / 17.11.2020
6673
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada qahvaxona va restoranlar yopildi. Dam olish kunlari komendantlik soati e'lon qilindi

 Oxirgi kunlarda Turkiyada kuniga uch mingdan ortiq koronavirus holatlari aniqlanmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an koronavirus sababli mamlakatda yangi cheklov choralari joriy etilganini e'lon qildi.

Savdo markazlari, bozorlar va sartaroshxonalar soat 10:00dan 20:00gacha ishlaydi. Bar va restoranlar faqat taom yetkazib berish uchungina faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. Barcha kinoteatrlar yil oxirigacha yopiladi, maktablar masofaviy ta'limga o‘tadi.

Dam olish kunlari komendantlik soati joriy etiladi, soat 20:00dan 10:00gacha ko‘chaga chiqish taqiqlanadi.

Oxirgi kunlarda Turkiyada kuniga uch mingdan ortiq koronavirus holatlari aniqlanmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid