Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
2020 yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQSh davlat kotibining yordamchisi, demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi rahbari Robert Destro bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Suhbat davomida Amerika tomoniga O‘zbekistonda insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash, korrupsiyaga qarshi kurash, ommaviy axborot vositalarining erkinligi, majburiy mehnatni yo‘q qilish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Amerikalik diplomat prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatni demokratlashtirish, jamiyatni liberallashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston – AQSh aloqalarini jadallashtirishga intilish qat'iy ekanligini ta'kidladilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024