Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT vakolatxonasi va «Zamin» fondi Jahon bolalar kuniga bag‘ishlab xalqaro forum o‘tkazadi
BMTning ixtisoslashgan muassasalari «Zamin» xalqaro jamoat fondining har yili 20 noyabrda nishonlanadigan Jahon bolalar kuniga bag‘ishlangan veb-forum o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
19 noyabrda o‘tkaziladigan xalqaro veb-forum «Bolalarning ta'lim olish huquqi: pandemiya davridagi dolzarblik, bardavomlik va innovatsiyalar» mavzusida bo‘lib o‘tadi.
«Zamin» fondi xabariga ko‘ra, forumda COVID-19 pandemiyasi sharoitida sifatli ta'limdan foydalanish va uni qamrab olish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tadbir ishtirokchilari oldiga muqobil ta'lim dasturlarini joriy etishning dolzarbligi va imkoniyatlarini baholash vazifasi qo‘yilgan.
BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Mohammad sessiya ishtirokchilari oldida nutq so‘zlaydi. Forumning yalpi majlisidagi xorijiy ishtirokchilar qatorida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Tatyana Valovaya, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Natalya German va YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan ham bor.
Tadbir video-konferensiya formatida o‘tkazilib, unda BMTning boshqa institutlari rahbarlari, xorijiy ekspertlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, yoshlar tuzilmalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etishadi.
Forum natijalariga ko‘ra yakuniy rezolyutsiya qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun, bolalarning farovonligini ta'minlash faoliyatiga bag‘ishlangan Jahon bolalar kuni 1954 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e'lon qilingan.
1959 yil 20 noyabrda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi, 1989 yilda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilindi. 1990 yildan boshlab, Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni bilan bir qatorda ushbu ta'sis hujjatlar qabul qilingan kun ham nishonlanadi.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi eng muhim shartnoma bo‘lgan Konvensiya bolalar huquqlari to‘plamini, shu jumladan yashash, sog‘liq, ta'lim olish, dam olish va bo‘sh vaqt o‘tkazish, ota-ona qaramog‘ida bo‘lish, fikr bildirish hamda zo‘ravonlik va kamsitishlardan himoyalanish huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu muhim kunning BMTga a'zo davlatlar tomonidan nishonlanishi, muloqot va faol harakatlar orqali dunyoda bola huquqlarini himoya qilish hamda bolalar uchun qulay muhitni rivojlantirish masalasiga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
18:13 / 28.08.2025
Jizzaxda ota farzandlariga zo‘ravonlik qildi
21:43 / 07.04.2023
Inson huquqlari faoli O‘zbekistonda bolalar zo‘ravonligi kamaymayotgani sabablari haqida gapirdi
11:34 / 07.04.2023
Jinoyatga aylangan “oilaviy zo‘ravonlik”, jazosi og‘irlashtirilgan jinsiy tajovuz – ayollar va bolalar himoyasi kuchaytiriladi
10:53 / 18.03.2023