Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol öz bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, holat Kattaqörğon tumanining “Andoqsoy” MFY, Andoqsoy qişloğida sodir bölgan.
2000 yilda tuğilgan X.U. ayni damda Rossiyada bölgan eri bilan janjallaşib, jahl ustida bolasini qiynab, tasvirga olib turmuş örtoğiga yuborgan.
Ma’lum qilinişiça, holat yuzasidan Kattaqörğon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi "a" bandi (Voyaga yetmaganlarni qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ayolning himoya huquqi ta’minlangan holda jinoyat işiga gumonlanuvçi sifatida jalb etilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, uşbu oila hamda bolalar bilan işlaş uçun mutaxassis psixologlar jalb etilgan.













