Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev 17 noyabr kuni Yoşlar ijod saroyida yoşlar bilan uçraşdi. Bu haqda poytaxt hokimligi videoxabar bergan.

Uçraşuvda yoşlardan biri Volontyorlar assotsiatsiyasi yoki federatsiyasi oçilsa, Özbekistondagi barça volontyorlarning bir joyda jamlanib işlaşiga imkoniyat yaratilişi haqida fikr bildirgan. Bunga javoban hokim volontyorlik xizmatlariga şubha bilan qaraşini ta'kidlab ötgan.

«Tovar, pul oliş, Payme'dan pul ötkazib beriş, kimningdir nimasiga olib borib beriş... Haddan taşqari köpayib ketyapti volontyorlar. Bitta narsani töğri tuşuninglar, sal şubhaga boryapman-da oxirgi paytda.

Bu volontyorlik kasbmi, yo haqiqatda yordam berişmi, yo bundan daromad olişmi, şuning farqiga borolmayapman. Tuşuntira oldimmi? Özi volontyor tuşunçasi nima degani? Köngilli işçi. Lekin men biror volontyor uyda yotgan qariyaning oyoğiga toğora tutib, sovunlab yuvib qöyganini körmadim. Uyda yotgan ayollarning soçini tarab qöying, soçini yuvib qöying, deyiş mumkin ayol-qiz volontyorlarga. Heç şuni körganim yöq-da.

Hammasi sumka-sumka narsa olib borib taşlaş bilan ovora. Buni bir körib çiqişimiz kerak. Volontyorlik xizmatlari böyiça ham özi bir körib çiqib, çuqur öylaşimiz kerak. Bu yengil öylab ötiradigan narsa emas», – degan Jahongir Ortiqxöjayev.

Qayd etiş joiz, pandemiya Özbekistondagi volontyorlik rivojiga turtki bölib, sohani qöllab-quvvatlaş zarurati borligini körsatib bergandi.

Karantin davrida köplab jamoatçilik faollari ehtiyojmand oilalarga beğaraz kömak körsatgani, xayriya qilmoqçi bölgan tadbirkorlar va muhtoj insonlar örtasida boğlovçi köprik bölgani diqqatga sazovor.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoyilgan xayriya aksiyalari bilan birga, rasman taşkil etilgan Yagona muvofiqlaştiruvçi markaz, «Xavfsiz yordam» aksiyasi, «Saxovat va kömak» umumxalq harakati, «Sardoba sari saxovat karvoni» kabi xayriya aksiyalarini amalga oşirişda ham volontyorlar guruhlari markaziy örin tutdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bahor oylarida köngilli bölib volontyorlik harakatida qatnaşayotgan fidoyi yoşlarga minnatdorçilik bildirgan