Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistonda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi
Guliston shahrida 12-17 noyabr kunlari O‘zbekiston-Qozog‘iston demarkatsiya qo‘shma komissiyasida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Komissiya Mangistau viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Qoraqalpog‘iston tarkibidagi uchastkasi uchun davlatlararo chegarani belgilash bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.
Komissiya yig‘ilishi davomida Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida buzilgan chegara ustunlarini tiklash maqsadida Qozog‘istonning Turkiston viloyati bilan chegarasi bo‘ylab O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chegaralarida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi o‘tkazildi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026
Germaniya chegaradagi tekshiruvlarni yana yarim yilga uzaytirdi
07:25 / 19.01.2026