Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qo‘shnilarimiz o‘quvchilarni bepul ovqatlantirishni o‘ylayapti, biz esa...» - Alisher Qodirov maktab oshxonalari haqida
O‘zbekistondagi 3 mingdan ortiq maktabda oshxona yo‘q, qolgan maktablarning 60 foizidagi oshxona talab darajasida emas. Alisher Qodirov maktablar oshxonasi uchun budjetdan ko‘proq mablag‘ ajratishni taklif qildi.
Foto: RIA Novosti
Deputat Alisher Qodirov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18 noyabrdagi yalpi majlisida maktablarning katta qismida oshxonalar yo‘qligi masalasini ko‘tardi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Qodirov dastlab 2020 yil budjetidan maktablar qurish va kapital ta'mirlash uchun 1,5 trln so‘m mablag‘ ajratilganini eslagan.
«Shunga qaramay, bugun 3 mingdan ortiq maktablarda oshxonaning o‘zi yo‘q. 7100 ta maktabda oshxona bor, lekin uning ham 60 foizi talab darajasida emas.
Agar biz bolalarimizning eng kuchli fiziologik depressiv holati maktab davrida yuzaga kelishini inobatga olsak, maktablarda jinoyatning yosharib ketayotgani, o‘qituvchilarga nisbatan bolalarning munosabati keskinlashib ketayotgani sabablarini albatta ovqatlanishidan izlashimiz kerak.
Qo‘shni davlatlar misolida olaylik: Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda o‘quvchilarning maktabda bepul ovqatlantirish masalasi ko‘tarilyapti, lekin biz bugun afsuski, maktablarda oshxonalar qurish haqida gaplashyapmiz.
Shu sababli biz faqat maktab qurish va ta'mirlash emas, bu jarayonda oshxonalar qurish va ta'mirlash haqida ham o‘ylashimiz kerak. Biz keyingi yil uchun budjet taqsimotida albatta shu masalaning ham inobatga olinishini iltimos qilamiz», – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari.
Mavzuga oid
21:55 / 08.01.2026
Bola bog‘chada va boshlang‘ich ta’limda o‘z ona tilida tarbiya ko‘rishi kerak - Alisher Qodirov
10:57 / 03.01.2026
Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi
11:20 / 24.11.2025
Hukumatni tanqid qilish havoda “negativ zarralar” miqdorini oshiradi - Alisher Qodirov
16:22 / 10.07.2025